Get Mystery Box with random crypto!

M1racle books📚

Telegram kanalining logotibi m1racle_books — M1racle books📚 M
Telegram kanalining logotibi m1racle_books — M1racle books📚
Kanal manzili: @m1racle_books
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.97K
Kanalning ta’rifi

Bookshop: @mybook_store
Sizning fikrlar: @about_miracle
Savol-javob: @m1racle_live
Instagram: Instagram.com/m1racle_books
Reklama: @m1racle_books_info
Aloqa: @M1racle_aloqa_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 16:33:05 ​​"Hammasini tugatamiz..." Bugun metroda ketayotib, yonimdagi qizning telefoniga qarab, ko'rib qolgan so'zlarim. U yig'lamaslik uchun juda harakat qilyapti, ammo ko'zidan yoshlari tinmadi. Tushunaman... Boshqalar oldida ko'z yoshingni tiyib turish, to'yib…
3.2K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 13:33
Ochish/sharhlash
2022-08-17 16:31:39 ​​"Hammasini tugatamiz..."

Bugun metroda ketayotib, yonimdagi qizning telefoniga qarab, ko'rib qolgan so'zlarim. U yig'lamaslik uchun juda harakat qilyapti, ammo ko'zidan yoshlari tinmadi. Tushunaman... Boshqalar oldida ko'z yoshingni tiyib turish, to'yib-to'yib yig'lolmasliging qanchalik og'irligini. Xatto bir safar chidolmasdan taksiga chiqib yig'laganman(bu sevgi sababli emas). O'sha paytda taxichi amaki mashinani chetroqda qo'yib yig'lab olishimni poylab turgan: "Qizim, hamma yomon kunlar o'tadi. Muhimi yaxshilari kelganda yomonlaridan olgan darslarni unutmaslik" degandilar o'shanda.

Hammasini tugatamiz...

Yangi boshlanishlar uchun, ishonchni tugatamiz...
Eski dardlar uchun, baxtni tugatamiz...
G'urur uchun, birga o'tkazilmagan baxtli kunlarni tugatamiz...
Seni eslagandagi qorong'ulik uchun yorug'likni tugatamiz...
Sog'inib qumsashing, "qani bir marta yozsa" deyishing uchun, barchasini tugatamiz...

Tugatamiz... Nima farqi bor "o'yinchoqlar" almashaveradi... Sening nazdingda, hayot davom etaveradi. Sabr qilish va chidash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Hamma o'zicha haq...

Muhabbatchi deysizmi? U bechoraning qalbi har doim yarim bo'lgan, bir kunini ko'rar-da! Qadr qolibdimi sho'rlikda... Qaysidir munosabat tugaganini eshitsam qalbingning qaysidir joyida og'riq tuyaman... To'g'ri bu mening munosabatim emas. Men insonlarga achinmayman. Muhabbatga achinaman... Chunki "o'yinchoqlar" tufayli uning qadri tushib ketyapti. Bir olmosni borgan sari yerga urishmoqda...

Men kutyapman... Iltimos bir ko'ngilni himoya qila olmasangiz, unda unga kirmang!!! Bir siz uchun ishonch, mehr, sadoqat, vafo tavon to'lamasin!!!

Eng asosiysi esa o'zingizni asrang Baxtlarim


@m1racle_books
3.2K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-15 20:09:38
#yangikitob

Jyul Vern mening bolaligim
“O’n besh yoshli kapitan” asarini o’sha paytda quchoqlab yurardim. Bugun esa Asaxiy books shu kitobni sovg’aga berib yuborganini ko’rib sevinib ketdim

“Kapitan Grant bolalari” juda mashhur asarlardan

@m1racle_books
2.9K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 17:09
Ochish/sharhlash
2022-08-15 15:07:12
Bilmadim lekin men mana shu videoni ko’rganimda juda qattiq og’riqni sezdim. Bir akademik dars o’tardi… Har doim kirib “Uyingizda biror musulmon kashf qilgan texnika bormi?” deb rossa leksiya qilardi. Juda yomon ko’rib qolganman. Men har doim qaysidir musulmon boshqasini o’ldirganda juda qattiq og’riq sezaman. Faqat ro’mol va soqolga o’ralashib qolganimizga achinaman.

Men ustozimga, ha, mana buni meni dindoshim kashf qilgan, uyimda faxr bilan ishlataman deydigan texnikam yo’qligidan og’riq sezaman. Men yosh bolalar qurbon bo’lganini ko’rgan har bir musulmon davlat uchun cheksiz qayg’u va og’riq sezaman. Men o’layotgan har bir begunoh uchun hadsiz og’riqlar ichida qolaman.

Shunday og’riqlarki, adog’i yo’q. Shu norasidalarning ko’z yoshini ko’rib ham ularga yordam berilmayotganimdan uyalaman. Ularning qichqirig’ini eshitmayotgan insonlardan nafratlanaman. Qachon qulog’ingiz eshitmay qoldi? Qachon tugatmoqchisiz barini? Qachondir tugaydimi o’zi?

Ularni duo qiling!
Qo’limizdan keladigani shu

@m1racle_F3
2.3K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 12:07
Ochish/sharhlash
2022-08-14 16:56:16 #kino

Sizga “Anna Frank kundaligi”ni kino xolida ko’rish imkoniyati ham bor)





Shu link orqali YouTube’da bemalol ingliz tilida topasiz. Bu tilni o’rganayotganlar uchun ham juda foydali manba bo’la oladi

@m1race_books
3.1K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 13:56
Ochish/sharhlash
2022-08-14 16:52:03 ​​#tavsiya

“Boylik, obro’ - hammasi yo’qotilishi mumkin. Ammo o'z qalbingdagi quvonch doimo miltillab turadi; toki tirik ekansan, u seni xursand qilish uchun o’sha yerdan abadiy ketmaydi”.

Asardan

KITOB: “Anna Frank kundaligi”

Dunyoning 70 dan ortiq tillarida 30 million nuxsada chop etilgan kundalik-asar. Umuman juda mashhur kundalik desam ham bo’ladi. Qiziq Annaning o’zi kundaligini shunchalik ko’p odam o’qishini his qilganmikin..) Ammo u bir narsada haq edi: shunchaki o’lib ketmadi va uni bugun millionlab insonlar taniydi. Bu kundalik menga qadrdonga aylandi. Anna bilan o’sha yashirin boshponada yashadim. Garchi his qilganlarim unikidek qo’rqinchli bo’lmasa ham, ancha narsalarni his qildira oldi menga. 14 yoshli yahudiy qiz - Anna. Dunyodagi millionlab insonlarning yahudiylar haqidagi tasavvurlarini o’zgartirib yuborgan tarix. Kitob maktub holida Anna o’zi o’ylab topgan hayoliy do’sti Kittiga yozilgan bo’lib, unda o’smir qiz Annaning ichki kechinmalari, dunyoga qanday nazar bilan boqishi aks etadi. O’zini sho’xliklardan tiyolmaydigan qizaloqning 2 yil tashqariga chiqmasdan, dunyodan yiroqda yashagani haqida hikoya bu. “Anna Frank kundaligi” ma’lum bir ma’noda sizga Ikkinchi jahon urushi davrida qirgʻinga uchragan yahudiylar hayotini, ularga qanchalik ogʻir boʻlgan davrni ko’rsatib beradigan kundalik-asar hisoblanadi. O’zi buyuk yozuvchi bo’lishni orzu qilgan qiz nigohlari bilan o’sha davrni his qilasiz. O’sha davrda yashaysiz.

Umuman urush hech qaysi davlat fuqarolariga yaxshilik olib kelmaydi. Urushda g’oliblar bo’lmaydi. Ammo tarix xulosalar chiqarishimiz uchun ham mavjud. Mening e’tiborimni tortgan jihat boshqa. Garchi mamlakatlar bombalar ortida qolayotgan bo’lsa ham, dunyodan uzilib qolgan bo’lishiga qaramay Anna o’qishdan to’xtamadi. Butun oila tinmay mutolaa qilishdi. Anna orqali Balki kitoblarni qadrlash va yana ko’proq o’qish uchun motivatsiya ham olgandurman)

Og’riqli nuqta esa bu yashirin boshponadan Anna, uning oilasizni tutib olishlari va konslagerlarga jo’natishlari Ularni olib ketishganidan keyin ushbu vayronkor davrlarni hikoya qiluvchi kundalik maxfiy boshpanada qoladi. Kundalikni oilaning eng yaqin do’sti Mip Giz asrab qoʻyadi va keyinchalik tirik qolgan yagona oila a’zosi, Annaning otasi Otto Frankka topshiradi. Otto uni tahrir qiladi. Kundalik 1947-yilda ilk bor golland tilida kitobxonlar qoʻliga yetib boradi va keyinchalik eng ko’p tarjima qilingan bestseller asarga aylanadi. Va Annaning buyuk yozuvchi bo’lish orzusi amalga oshadi. 14-15 yoshlardagi qiz uchun bu qadar teran fikrlash ajoyib aslida.

Ikkinchi jahon urushi voqealari qiziq bo’lganlar, tarix va kundalik-asar janrida yozilgan kitoblarga qiziqadiganlar, hozir o’smirlik yoshida bo’lganlar va umuman keng kitobxon ommasi uchun mo’ljallangan kitob) O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir.

Kitobning elektron varianti mavjud emas!

@m1racle_books
2.8K viewsM1racle_books_info, edited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:13:47
#yangikitob

Siz bilan anchadan beri yangi kitoblarni bo’lishmadim Bu rubrika sizga qiziqmi? Bugungi va ba’zi kerakli kitoblarni ko’rsataymi?

@m1racle_books
2.8K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-11 19:59:30 https://t.me/muvakhida_me

Muvahhida endi shu yerda
Eski kanal o’chib ketdi
3.2K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 16:59
Ochish/sharhlash
2022-08-11 08:45:35 Habaringiz bor mehribonlik uyiga 2022-2023 oʻquv yili uchun ozroq boʻlsa ham oʻquv-qurollari yetkazib beramiz deb niyyat qilgandik…)

Sizlarga onamni kartasini tashlagan edim ammo negadir ehsonimiz sust boʻlib 261ming soʻmdan ortiq pul yigʻilmadi. Va’daga vafo Alloh guvohligida va’da berganman 15-kuni borib kelaman mehribonlik uyiga deb, 15-sanaga ham oz qolibdi, bizni ham safimiz kengayib qoldi Alhamdulillah

Alloh ehson qiluvchilardan qilsin hammamizni…. Rosululloh Sollallohu Alayhi Vasallam kim bir yetimni boshini silasa jannatda men bilan mana shunday yaqinlikda turadi deya ikki barmogʻini koʻrsatganlari haqidagi hadis hech birimizga sir emas. Kelinglar ozgina vaqt qoldi yana biroz pul yigʻib koʻproq narsalar bilan borib koʻngli yarim bolalarni koʻzlarini quvnatib kelaylik:)

Hohlasangiz Andijonlik qizlar menga sherik boʻling birga boramiz^_^ Mehribonlik uyi bilan gaplashib 15-kuni mehmonga boraman deb va’da berganman:)

8600 0610 3675 2672 karta ishonchli onamni nomida yana qandaydir savollar paydo boʻlsa
@mutavva_bot yozishingiz mumkin^_^

Ehsonni mukofoti ehson, bu dunyoda berganimiz qadar azizmiz yaxshilar

8600 0610 3675 2672
Boynazarova Mavzudaxon
3.1K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 05:45
Ochish/sharhlash
2022-08-10 13:57:51 #muzokara

“Anna Frankni kundaligi”ni o’qiganlar bormi? Siz qanday fikrdasiz? Bugun Annaga review yozishim va Andijondagi birinchi kutubxona videosizni mantaj qilishim kerak. Ungacha sizning fikringiz qiziq)

@m1racle_books
3.5K viewsAsalxon Otaxonovaッ, 10:57
Ochish/sharhlash