Get Mystery Box with random crypto!

Bilmadim lekin men mana shu videoni ko’rganimda juda qattiq og | M1racle books📚

Bilmadim lekin men mana shu videoni ko’rganimda juda qattiq og’riqni sezdim. Bir akademik dars o’tardi… Har doim kirib “Uyingizda biror musulmon kashf qilgan texnika bormi?” deb rossa leksiya qilardi. Juda yomon ko’rib qolganman. Men har doim qaysidir musulmon boshqasini o’ldirganda juda qattiq og’riq sezaman. Faqat ro’mol va soqolga o’ralashib qolganimizga achinaman.

Men ustozimga, ha, mana buni meni dindoshim kashf qilgan, uyimda faxr bilan ishlataman deydigan texnikam yo’qligidan og’riq sezaman. Men yosh bolalar qurbon bo’lganini ko’rgan har bir musulmon davlat uchun cheksiz qayg’u va og’riq sezaman. Men o’layotgan har bir begunoh uchun hadsiz og’riqlar ichida qolaman.

Shunday og’riqlarki, adog’i yo’q. Shu norasidalarning ko’z yoshini ko’rib ham ularga yordam berilmayotganimdan uyalaman. Ularning qichqirig’ini eshitmayotgan insonlardan nafratlanaman. Qachon qulog’ingiz eshitmay qoldi? Qachon tugatmoqchisiz barini? Qachondir tugaydimi o’zi?

Ularni duo qiling!
Qo’limizdan keladigani shu

@m1racle_F3