Get Mystery Box with random crypto!

L

Telegram kanalining logotibi lugat_inglizcha — L L
Telegram kanalining logotibi lugat_inglizcha — L
Kanal manzili: @lugat_inglizcha
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

#ПМ_УРМА_АТВЕТ_КАТТИГ_БОЛАДИ
©️ @Samadov_717

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-11 21:15:32 Theme: Ingliz tilida artikl (7-qism)

Aniq artikl. The

Aniq belgilangan holat va narsalar uchun ko'pincha "the" qo'yamiz.
What is the name of this village? - Bu qishloqning nomi nima?
Bu yerda aniq bitta qishloq haqida gap ketyapdi. Nomi so'ralayotganda "the" nomi degan so'zdan oldin qo'yiladi.

Can you tell me the time, please? - Soat nechchi bo'lganini aytib berolasizmi, iltimos?
(Hozirgi aniq vaqt so'ralyapdi).

The President (Prezident), the city centre (shahar markazi), the sun (quyosh), the moon (oy), the world (dunyo), the sky (osmon), the sea (ummon), the ground (zamin) kabi bitta bo'ladigan narsalar doim "the" bilan keladi.

First (birinchi), third (uchinchi) kabi darajalar va best (eng yaxshi), nearest (eng yaqin) kabi so'zlar ham doim "the" bilan keladi.

The top (yuqorisi), the right (o'ng tomoni), the left (chap tomoni), the bottom (past tomoni), the beginning (boshlanishi), the end (oxiri) so'zlari ham doim "the" bilan yoziladi.

The same (umumiy bitta narsa) so'zi ham doim "the" bilan yoziladi:
We live in the same street - Biz bitta ko'chada yashaymiz.

The police (militsiya), the fire brigade (o't o'chiruvchi), the army (armiya) kabi davlat hodimlari ham "the" bilan keladi.

Piano (pionino), guitar (gitara), trumpet (karnay) kabi cholg'u asboblari ham "the" bilan keladi.

Televideniya va radio kanallari nazarda tutilganda the radio, the television deyiladi. Lekin televizorning o'zi nazarda tutilsa, aniq yoki noaniq artiklda kelishi mumkin.

I like watching television - Men televizor ko'rishni yoqtiraman.
Can you turn off the television? - Televizorni o'chirib qo'yolasizmi?

Breakfast (nonushta), lunch (2-nonushta), dinner (tushlik) kabi ovqatlanish vaqtlariga "the" qo'yilmaydi.

My (mening), our (bizning), your (sizning), their (ularning) kabi so'zlardan so'ng artikl aniq bo'ladimi noaniq bo'ladimi a/an yoki "the" qo'yilmaydi.
Our apartment is on the third floor - Bizning kvartiramiz uchinchi etajda joylashgan.
Bizning deyilgani uchun kvartiradan oldin artikl qo'yilmadi. Uchinchi etaj aniq bo'lgani uchun aniq artikl qo'yildi.

My book - Mening kitobim.
Hech qachon "my a book" yoki "my the book" deyilmaydi.

@Lugat_Inglizcha
6.8K views18:15
Ochish/sharhlash
2022-03-10 21:11:28 Theme: Ingliz tilida artikl (6-qism)

Artikl (noaniq va aniq artikl), qoida bo'yicha, quyidagi hollarda ishlatilmaydi:

a) atoqli ot bilan:
Klin Klin (shahar nomi) 
Peter Peter (kishi nomi)

b) sifat yoki ko'rsatish olmoshlari va sanoq son bilan aniqlanib kelayotgan turdosh otlardan oldin.
My pen's bad. — Mening ruchkam yomon.

That man's nice. — U odam yaxshi.

Page seven is clean. — Yettinchi sahifa toza.

Artiklning gapdagi o'rni.
Artikl (noaniq va aniq artikl) o'zi tegishli bo'lgan ot oldidan keladi. Agar ot oldidan sifat yoki tartib son bilan ifodalangan aniqlovchi kelsa, unda artikl aniqlovchidan oldin keladi: 
the black pen — qora qalam
the first plan — birinchi reja

Noaniq artikl tarixan qadimgi ingliz tilidagi an (one) so'zidan kelib chiqib, bir ma'nosini beradi. Shuning uchun u faqat donalab sanaladigan otlar oldidan birlikda ishlatiladi. Aniq artikl faqat the ko'rinishiga ega. Aniq artikl the -that (u, o'sha) ko'rsatish olmoshidan kelib-chiqib birlik va ko'plikdagi otlar bilan ishlatiladi. 

Artiklning asosiy vazifalari
Ot bilan noaniq artikl ishlatiladi, agar biz predmetga tegishli bo'lgan sinfdan xohlaganimizni nazarda tutsak
Masalan: This is a table. - Bu stol.

Masalan, I need a pencil gapida har qanday qalam sinfiga ta'luqli bo'lgan istalgan bir predmet nazarda tatiladi.

Noaniq artikl kasb nomlaridan oldin ham ishlatiladi.
Masalan: His father I s a doctor. — Uning otasi vrach.

Bu yerda uning otasi o'qituvchi emas, ishchi emas, balki vrach deb nomlanadigan kasbdagi kishilardan biri ekanligi nazarda tutiladi.

@Lugat_Inglizcha
6.3K views18:11
Ochish/sharhlash
2022-03-09 20:46:36 Theme: Ingliz tilida artikl (5-qism)

Definite article "The"

Aniq artikl aniq biror predmet haqida gap borganda, ya'ni predmet o'zi tegishli bo'lgan sinfdan ajratib ko'rsatilganda ishlatiladi.

Aniq artikl o'quvchiga yoki 
tinglovchiga qaysi predmet haqida gap borayotganligi sharoitdan ma'lumligini ko'rsatadi.

Misol:

My book is on the table, yoki The pencil is hard. (Qalam qattiq degan kishi qalam sinfiga tegishli bo'lgan har qanday predmetni emas, balki aniq bir predmetni, ya'ni qattiq qalamni nazarda tutayapti.)

Yoki yana bir misol:
The doctor examined Sardor. - Vrach Sardorni tekshirdi, - deyilganda vrach kasbiga ega bo'lgan barcha kishilar bir vaqtni o'zida Sardorni tekshirmagan, balki shu kasb egalaridan biri (aniq bir vrach) uni tekshirgan, ya'ni gapiruvchi barcha vrachlar sinfidan Sardorni tekshirgan vrachni ajratib ko'rsatmoqda. Shuning uchun doktor so'zi oldidan aniq artikl qo'llanmoqda.

@Lugat_Inglizcha
6.0K views17:46
Ochish/sharhlash
2022-03-08 20:41:12 Theme: Ingliz tilida artikl (4-qism)

Aniq artikl
Aniq artikl — so’zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo’lgan, avvalroq gapda eslatib o’tilgan, dunyoda yagona bo’lgan otlar oldidan ishlatiladi.

Aniq artiklning faqat bitta shakli bor: THE.

“THE” aniq artiklning ishlatilish qoidalari juda ko’p. Ammo asosiysi – bu aniq artiklning “hamma uchun aniq” bo’lgan otlar oldidan ishlatilishidir. Aniq artiklning alohida qoidalarini keyingi darslarimizda ko’rib o’tamiz.

O‘tgan darslarni umumlashtirish uchun quyidagi misolga qarang:
I ate a sandwich and an apple for breakfast. (Men nonushtaga (bitta, harqanday bir) sendvich va (bitta, har qanday bir) olma yedim). 

The apple was bad but the sandwich was nice. ((O’sha, men yegan) olma yomon ekan va (o’sha, men yegan) sendvich yaxshi ekan).

Misolda keltirilganidek, sendvich va olma haqida birinchi marta gapirilganda ulardan oldin “A” va “AN” noaniq artikllari qo’yildi. Aynan shu sendvich va olma haqida ikkinchi marta gapirilganda esa bu otlar oldidan “THE” aniq artikli qo’yildi.

Boshqa misollar

On Monday, an unarmed man stole $1,000 from the bank. The thief hasn't been caught yet.

I was walking past Benny's Bakery when I decided to go into the bakery to get some bread.

There's a position available in my team. The job will involve some international travel.

@Lugat_Inglizcha
6.1K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-03-07 20:04:04 VOCABULARY TIME

alive - tirik, hayot
bone - suyak
bother - harakat qilmoq
captain - kapitan
conclusion - yakun, nihoya
doubt - shubha
explore - tadqiq etmoq
foreign - chet
glad - hursand
however - lekin, ammo
injustice - adolatsizlik
international - xalqaro
lawyer - huquqshunos
mention - takidlamoq
policy - qonun
social - ijtimoiy
speech - nutq
staff - jamoa, shtat
toward - sari, tomon
wood - yog'och

@Lugat_Inglizcha
5.9K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-03-06 18:47:00 Theme: Ingliz tilida artikl (3-qism)


Aniq artikl: the
Noaniq artikl: a va an

Artikllar odatda ot oldidan ishlatiladi:

I have a cat – Menda mushuk bor
She is a teacher – U o’qituvchi
The book is on the table – Kitob parta ustida.

Artikllar shuningdek otni ifodalovchi sifat oldida ham ishlatilishi mumkin:

It is a red book
She is a nice student.

Agar sifat otsiz ishlatilsa, artikllar tushib qoldiriladi:

It is red
She is nice

Noaniq artikllar a, an faqat birlikdagi otlar bilan ishlatiladi, a book, a pen, a cat….

Sanalmaydigan otlar oldida ishlatilmaydi: a water yoki a money deyish xato

"A" artikl odatda undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatilsa "an" artikl faqat undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatiladi.

a book , a cat, a university, an apple, an engineer, an hour

The esa birlikda ham ko’plikda ham ishlatilishi mumkin: The book, The books…. Shuningdek the sanaladigan yoki sanalmaydigan otlar bilan ham ishlatiladi:  The water… The teacher…

Misollar:

I have glasses. ( Ko’plikda – a /an )

You have a hat. ( birlik sanaladigan ot)

He has some strawberries. ( ko’plik, sanaladigan ot)

The cat has some water. ( Water sanalmaydigan ot a / an )

We have time to learn English. ( time va English sanalmaydigan ot)

They have a good relationship. ( relationship sanaladigan birlikdagi ot)

All three children have popsicles. The popsicles taste good. ( Popsicles ko’plikdagi sanaladigan ot)

@Lugat_Inglizcha
6.1K views15:47
Ochish/sharhlash
2022-03-05 18:04:13 Theme: Ingliz tilida artikl (2-qism)

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatilishi va bitta, bir degan ma’noda kelishini avvalgi darsda bilib oldik. Misol:
A book – kitob yoki bitta kitob. 
A pen – ruchka yoki bitta ruchka. 
An elephant – fil yoki bitta fil.

Agar gaplarda noaniq artiklning o‘rniga "one" (bir) so‘zini ishlatsak grammatik jihatdan xato bo‘lmaydi.

Misollar:
I'd like an orange and two lemons please.
I'd like one orange and two lemons please.

I need a kilogram of sugar.
I need one kilogram of sugar.

A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: 
a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
An elephant – three elephants (fil - 3ta fillar)
A dog – dogs (it - itlar)

Eslab qoling: A va an asosiy farqi a artiklini consonants (undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:
a ball (koptok), 
a pen (ruchka), 
a box (quti),
an ant (chumoli),
an owl (ukki), 
an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun yangi so’zlar: 
snake - ilon
ant - chumoli
frog - qurbaqa
octopus - sakkizoyoq
cow - sigir
insect - hashorot
bird - qush
lion - sher
alligator - timsoh
donkey - eshak
mouse - sichqon
fish - baliq
horse - ot
bee - asalari

Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni "a" va "an" bilan yozib chiqing.

@Lugat_Inglizcha
5.7K views15:04
Ochish/sharhlash
2022-03-05 17:57:46 VOCABULARY TIME

argue - bahslashmoq
communicate - suhbat qurmoq
crowd - omma, olamon
depend - tegishli bo'lmoq
dish - idish, tarelka
empty - bo'sh
exact - aniq
fresh - yangi
gather - to'plamoq
indicate - ko'rsatmoq
item - buyum, narsa
offer - taklif qilmoq
price - narx
product - mahsulot
property - mol-mulk
purchase - sotib olmoq
recommend - tavsiya qilmoq
select - tanlamoq
tool - asbob, anjom
treat - munosabatda bo'lmoq

@Lugat_Inglizcha
5.4K views14:57
Ochish/sharhlash
2022-03-04 18:55:46 VOCABULARY TIME

appreciate - qadrlamoq
available - mavjud, bor
beat - yengmoq
bright - yorqin
celebrate - nishonlamoq
determine - tanlamoq
disappear - ko'rinmay ketmoq
else - boshqa, o'zga
fair - xolis, adolatli
flow - oqmoq
forward - oldinga
hill - tepalik
level - daraja
lone - yolg'iz, yakka
puddle - ko'lmak
response - javob
season - fasl, mavsum
solution - yechim, javob
waste - behuda sovurmoq
whether - mi, yo bo'lmasa

@Lugat_Inglizcha
5.4K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-03-04 18:53:56 Theme: Ingliz tilida artikl

Artikl o’zbek tilida yo’q. Shuning uchun ingliz tilini birinchi marta o’rganayotgan kishi uchun artiklni tushunish bir oz qiyinroq bo’ladi. Ammo qo’rquvga berilmang, imkonsiz narsaning o’zi yo’q – yaxshi harakat qilsangiz, artiklni ham juda oson o’rganib olishingiz mumkin!

Artikl – bu ingliz tilidagi otlar oldidan ishlatiladigan kichik bir so’z.

Ingliz tilida otlar oldidan har doim artikl ishlatilishi kerak. Ba’zan esa otlar oldidan artiklning ishlatilmaslik holatlari ham bo’ladi. Bu darsdan ko’zlangan asosiy maqsad – artikl haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, artikl turlarini bilib olish va artiklning ishlatilishini tushunib olishdir.

Ingliz tilida 2 hil artikl bor: NOANIQ ARTIKL (a/an) va ANIQ ARTIKL (the).

Noaniq artikl donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.

Noaniq artikl, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi: A yoki AN noaniq artikli.

“A” noaniq artikli undosh tovush bilan (e’tibor bering: undosh harf bilan emas, tovush bilan!) boshlanuvchi, donalab sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Masalan: a computer, a dog, a helicopter, a cell-phone.

“AN” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanadigan, donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Masalan: an apple, an accident, an umbrella, an instrument.

“A” yoki “AN” noaniq artikli so’zlovchi va tinglovchiga noma’lum bo’lgan, u haqida birinchi marta gapirilayotgan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.

Noaniq artikl otlardan oldin ishlatilganda o’sha otning “bitta” ekanligini bildiradi.
Masalan: an apple – (bitta) olma, a computer – (bitta) kompyuter.

Ammo noaniq artikl to’g’ridan-to’g’ri “bitta” degan so’z tarjimasini bermaydi.

Artikl ingliz tilidagi eng muhim va eng katta mavzu hisoblanadi. Shu sababli artiklga oid darslarni bir necha qismlarga bo‘lib o‘tamiz.

@Lugat_Inglizcha
5.1K views15:53
Ochish/sharhlash