Get Mystery Box with random crypto!

Theme: anybody / anything, nobody / nothing Davom etamiz... | L

Theme: anybody / anything, nobody / nothing

Davom etamiz...

Eslab qoling! Gapda inkor (not) so'zi bo'lsa "any" bilan kelgan so'zlarni ishlatish mumkin:
anybody/anyone - hech kim,
anything - hech narsa.

There isn't anything in the bag - Sumkaning ichida hech narsa yo'q.
There isn't anybody in the room - Xonaning ichida hech kim yo'q.

Agar gapda inkor (not) so'zini ishlatmasak "no" bilan boshlangan so'zlarni qo'llasak bo'ladi:
no-one/nobody - hech kim,
nothing - hech narsa.

Yuqoridagi kelgan gaplarni shu keyingi uslubda yozamiz. Ya'ni "not" qo'ymaymiz va "no" bilan boshlangan so'zlarni ishlatamiz:
There is nothing in the bag - Sumkaning ichida hech narsa yo'q.
There is nobody in the room - Xonaning ichida hech kim yo'q.

Ko'rib turganingizdek, tarjimasi bir xil, faqat inkor qilishda farq bor.

Dars mavzusidagi so'zlarni gapning boshida ishlatmoqchi bo'lsak, yoki qisqa javob bersak doim "no" bilan boshlangan so'zlarni ishlatamiz:
Nobody is perfect - Hech kim mukammal emas.
Nothing happened - Hech narsa bo'lmadi.

- Who is in the room (Xonaning ichida kim bor)?
- Nobody (Hech kim).

@Lugat_Inglizcha