Get Mystery Box with random crypto!

Theme: not + any / no / none Davom etamiz... Gaplarda inko | L

Theme: not + any / no / none

Davom etamiz...

Gaplarda inkor (not) ishlatilganda "hech qanday" deyish uchun "any" ishlatardik:
I'm not going to do any work this evening - Men bu oqshom hech qanday ish qilmoqchi emasman.

Agar gapda "not" ishlatmasak "any" ham ishlatilmaydi. Uning o'rniga inkor qilish uchun "no" so'zini ishlatish mumkin:
I have got no friends - Menda do'stlar yo'q.
Yoki:
I haven't got any friends (Menda hech qanday do'stlar yo'q) desa ham bo'ladi.

Demak "no" gapda "not" ishlatilmagan paytda qo'yiladi. Chunki bitta gapda ikkita inkor so'zi kelmaydi.

Qisqa qilib yo'q deb javob berish uchun "none" ishlatamiz:
- How much time have we got? (Bizda qancha vaqt bor?)
- None. (Yo'q. Vaqtimiz qolmadi)

Agar qisqa javobda "hech kim" demoqchi bo'lsak "no-one" so'zini ishlatamiz:
- Who did you meet (Siz kim bilan uchrashgan edingiz)?
- No-one (Hech kim bilan).

@Lugat_Inglizcha