Get Mystery Box with random crypto!

Ikki yil oldin avvalroq postimda aytgan Norebro (asosan chet e | Daniya kundaligi🇩🇰🇺🇿

Ikki yil oldin avvalroq postimda aytgan Norebro (asosan chet elliklar yashaydi) mahallasiga sharafsiz Rasmus Paludan kelib shu maydonda Quron yoqmoqchi bo’lganda yosh arablar bosh ko’tarib qattiq qarshilik qilishgan ekan. Bugun taqdir bilan shu maydon yonida ishlayapman. Politsiya mashinalarini yoqishgan va ba’zi binolarni ham o’tga tutishgan xullas bu joyga qaytib kelmaydigan qilishgan. O’sha vaqt shu yerda bo’lganlar bilan gaplashdim.
Lekin bu yechim va yaxshi yo’l emas. Daniyada yahudiylarning siyosiy-ijtimoiy va maishiy sohalardagi o’rni juda yuqori. Masalan, siyosatchilar parlamentda anchagina va ular aytgan masalalar kun tartibiga chiqa oladi. Keyin, Daniyadagi go’sht va jamiki halol mahsulotlarning boshida ular turarkan. Eng qizig’i, yaqinda Daniya hukumating bolalarni hatna qilishni taqiqlovchi qonunini bekor qilishda ham yahudiylar asosiy ro’lda turishgan. (Ular ham hatna qilishadi)
Xulosa shuki, hissiyotlarni jilovlab, ilm bilan ummatning boshiga kelgan balolarni ko’tarish bizning zimmamizda.