Get Mystery Box with random crypto!

Yangi semester boshlanishi bilanoq imtixonga tayyorgarlik bosh | Daniya kundaligi🇩🇰🇺🇿

Yangi semester boshlanishi bilanoq imtixonga tayyorgarlik boshlandi. Hozrda bo’layotgan qaysi muommolar, real voqealar talabalar uchun qiziq va nimani ular muhim deb o’ylaydi, hammasi inobatga olinib kichik guruhlarda muhokama va bahs qilindi (brainstorming). Kim
o’z mavzusini muhim va dolzarb ekanligini aniq keyslar va jiddiy argumentlar bilan isbotlay olsa o’sha ko’proq e’tibor qaratadi. 4-5 round davom etadigan bu jarayonda eng kuchli g’oyalar yashab qoladi va talabalar shu mavzuda proyekt qilishadi. Darslar shuning atrofiga quriladi va shu sabab darslar 1.5 oy va proyekt vaqti 2 oy. Uning uchun metodlar tanlanadi; (fieldwork, comparative study). Agar o’sha muommoni o’rganish uchun boshqa davlatga borish kerak bo’lsa, universitet tomonidan yordam qilinadi. Masalan bir qiz Falastinga boraman dedi, boshqasi Bangladeshga va hk. Menga yoqadigani talabalar uchun fikrlash erkinligi va ko’pchilik birga ishlashi.
Nazariya bilan amaliyotni bog’lash darsni juda qiziq bo’lishiga sabab bo’ladi. (Uxlab qolmaysiz )