Get Mystery Box with random crypto!

Nega Human rights- Human rights and responsibilities emas? I | Daniya kundaligi🇩🇰🇺🇿

Nega Human rights- Human rights and responsibilities emas?

Inson huquqlari-hamma insonga lozim va ularda bo’lishi kerak bo’lgan siyosiy, ijtimoiy, diniy ehtiyojlar birlashmasini aks etuvchi masalan so’z, fikr, go’ya, din erkinligi. Bu judayam oddiy va qisqa aytganda foyda olish deyiladi. Masalan, erkin gapira olishdan siz manfaat olasiz, qonun ustuvorligidan ham manfaatdorsiz, siyosiy erkinlikdan ham nimagadir erishasiz va hk. Buning aksi esa ma’suliyat ya’ni nimadir berish.

1948-yilda Inson huquqlari deklaratsiyasini imzolagan davlatlar olishni shu darajada muhim deb o’ylab berish haqida juda oz o’ylagan yoki o’ylashmagan. Vaholanki, huquq (olish) va ma’suliyat (berish) barobar bo’lishi lozim. Aytaylik, so’z erkinligi berilsa, uyatsiz va fahsh so’zlarni jamoat oldida baland ovoz bilan gapira olmaslik kerak, siyosiy erkinlik berilsa ma’lum darajadagina harakat qila olish va chegarani buzmaslik kerak va hk. Shunday ekan, nima uchun deklaratsiya inson huquqlari va ma’sulyatlari deb aytilmagan ya’ni shuncha narsaga ega bo’lish asnosida falon-falon narsalarni berish ham kerak deyilmagan. Yana bitta misol, farzandingiz so’ragan hamma narsasini bersangiz va unga hech qanday to’siq qo’ymasangiz yoki berganlaringiz evaziga biror ishga buyursangiz-u qilmasa, yoki aksini qilsa, unda qanday bola yetishib chiqadi? Albatta bitta “virus” katta bo’ladi.
Shu kungacha bu qog’ozni dalil qilib qabul qilingan baland-parvoz hujjatlar va qonunlar ortidan chiqib kelgan balolar, axloqsizliklar ham aynan virus kabi ko’payib ketdi. Davlatlar, ma’lum insonlar o’zlariga keragini olishga intilishdi va olganiga yarasha berishni deyarli unutib qo’yishdi.
Biz buyuk va qudratli deb ataydigan davlatlar ishlab chiqqan qonunlar oddiy aql mezoniga bardosh berolmasa, qanday qilib unday qonunlarni hayotga, insoniyat kelajagiga asos qilib olish mumkin?

https://t.me/lifeindenmark00