Get Mystery Box with random crypto!

​​Hayollar. Yana hayollar. Faqat onagina hech qanday sabablars | Yamakasi

​​Hayollar. Yana hayollar. Faqat onagina hech qanday sabablarsiz, shartlarsiz, farzandini shunchaki mavjud bo’lgani uchun seva oladi. Balki sevgining matematik aniqlikda namoyon bo’lishi shu ko’rinishdadir. Balki . . .

Fondagi qo’shiq e'tiborsiz qolib ketibdi ekan.

"Свои мечты
Все позабыли давно.
Смотри - только ты
Идешь всем назло . . ."

Okeanga cho'kkan tosh kabi o’yga cho'kaman.

Kurash, yonib-kuyib kurashish. Kurash tushunchasini negadir qabul qilgim kelmaydi. Ojizligimdan emas. Odamlar tinchgina, bir-biri bilan poyga o'ynamasdan, uyg’unlikda yashay oladi deb ishonganim uchun. Afsuski, bunga to'siqlar juda ko'p. Yana afsuski, to'siqlarning kattagina qismini o’zimiz yaratganmiz va atrofimizga, qalin, titan devorga aylantirib, o’rab olganmiz. To'siqlardan o'tish uchun kurashish kerak. Ichki kurash: zo'rg’a topilgan, tutqunda qolgan o’zlikning egasining qaysar qoidalaridan tashqariga chiqishga jon-jahdi bilan urinishi yoki shunga majbur bo’lishi. Tashqi kurash: tashqariga chiqqan o'zlikning endi o’zidan kattaroq to’siqlardan - qadriyatlar, jamiyat, tuzumdan – o’tishga urinishi yoki ular bilan to’qnashuvda parchalanib, o’zi to’siq hisoblaganlarga mos tarzda qaytadan yig’ilishi zarur. Hech bo’lmasa, egasining o’z tasavvuriy chegaralariga yetib borib, u uchun Yo’lchi Yulduz bo’lishga urinadi chalajon o’zlik.

"Не потеряй себя
И продолжай бороться -
Зажжется
Твое солнце . . ."

Ha, o’ylarim shunday aralash quralash. Bu jarayon to'xtamaydi . . .

Havo sovuq. Balkondan ichkariga kirish kerak. Uy issiq. Unda iliq hayot bor. Tirik mazmun yotoqda uxlayapti. Xokisor va beozor. Hayoldagi men sigaretini yomg’ir tomchisi bilan o’chiradi, (go’yo so’nggi umid uchqunlarini ko’z yoshlar bilan o’chirilgandek) hayollarini tarqatib, xonaga kiradida, uning peshonasidan bir o’pib qo’yib, plyashini olib chiqib ketadi, chunki uxlamaslik kerak. Uxlaydigan payt emas. Mashinaga o’tiradi. Yo’l uzoq, yomg’ir maydalab yog’yapti. Ko’chada yomg’ir, ko’chada qolgan daydi qalbda ham yomg’ir. Kulrang osmon va kulrang ruhiyat uyg’unlikda g’amgin, lekin sokin kayfiyat umrini yo’lday uzaytirib boradi . . .

Qizil chiroqda to’xtayman. Mashina oynasi xira, qalb oynasi xira . . . Yana onam haqida o’ylayman. Onam yig’layapti. Birga yig’layapmiz. Man ko’z yoshlarsiz. Uning ko’zlari xiralashgan. Yig’idan emas, ko’z nurining ayovsiz sarfidan. Sog’ingan. Uyqusida ham yig’layapti. Tushlarida ham sog’inadi dilbandlarini . . .

(davomi )