Get Mystery Box with random crypto!

​​Ishga chin dildan yondashuv, natija uchun harakat! Aksari | Legal Jobs

​​Ishga chin dildan yondashuv, natija uchun harakat!

Aksariyat yurtdoshlarimizni bir savol qiynaydi: “Qanday qilib yaxshi ish topish mumkin?”

Bunga javoban quyidagi so’zlarni aytamiz: “Ishingizni shunchaki emas, samarali bajaring, yaxshi natija uchun harakat qiling, o’z natijalaringizni suhbat chog’ida (ish beruvchiga) ko’rsating!”

Agar suhbat chog’ida “Siz nima uchun menga maosh bermoqchisiz: lavozimimgami, menga yuklatiladigan vazifagami yoki men ko’rsatadigan natijagami?”, degan savolni bersangiz, sizga natija uchun pul to’lamoqchi ekanliklarini eshitasiz.

Agar siz natija uchun harakat qiluvchi xodim bo’lsangiz, yaxshi ishning o’zi sizni qidiradi. Shunday ekan, ish beruvchilar sizning yutuqlaringizni ko’ra olishlarini ta’minlang. Agar siz hujjat topshirayotgan ish bo’yicha tajribangiz bo’lmasa, boshqa sohalardagi natijalarni sanab o’tishni esdan chiqarmang.

Chunki, avvalgi yutuqlaringiz — siz ishga chin dildan yondashishingizni ko’rsatadi.