Get Mystery Box with random crypto!

Xodimlarni ishga olishning yangi bosqichi! Yurtimizda yet | Legal Jobs

Xodimlarni ishga olishning yangi bosqichi!

Yurtimizda yetakchilardan deya e’tirof etilayotgan Legal Jobs rekruting kompaniyasi, 3-aprel kuni Next Decade logistika kompaniyasi uchun “Welcome day” tashkillashtirdi!

Unda Next Decade kompaniyasining 17 nafar amaliyotchisi (stajyorlar) ishtirok etishdi. Tadbirdan Next Decade’ni nomzodlarga tanishtirish, ularni kompaniyada nimalar kutayotgani va nega aynan shu kompaniyani tanlashlari kerak ekanini ko’rsatish maqsad qilib olindi.

Tadbir davomida amaliyotchilar bir-birlarini yaqindan bilib olishlari uchun interaktiv o’yinlar ham o’tkazildi. O’yinlar davomida har bir nomzodning tezkorligi, jamoada ishlashi, muammoli masalalarga yondashuvi kuzatib borildi.

Tadbirni munosib makonda, yuqori kayfiyatda o’tishiga @itpark_uz jamoasi yaqindan yordam berdi. Ularga Legal Jobs va Next Decade kompaniyalari nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

17 nafar yoshlar hozirgi kunda 45 kunlik o’qish bilan bandlar. Ta’lim jarayoniga sohaning eng kuchli va tajribali mutaxassislari jalb qilingan. Nomzodlar adaptatsiyasi va o’zlashtirish jarayoni Legal Jobs jamoasi tomonidan to’liq nazoratga olingan!

Malaka oshirish bosqichi nixoyalangach, ishga qabul qilish jarayoni bo’lib o’tadi. Bunda maxsus imtihondan yuqori ball to’plagan nomzodlar tanlan olinadilar. Ushbu jarayonda barcha qatnashivchilarga omad tilaymiz!

Siz ham o’z korxonangiz uchun mana shunday tarzda xodimlarni qabul qilishni istaysizmi? Javobingiz “ha”
bo’lsa, tezroq biz bilan bog’laning!