Get Mystery Box with random crypto!

Legal Jobs 2 yoshda! Bugun, 29-aprel kuni Legal Jobs komp | Legal Jobs

Legal Jobs 2 yoshda!

Bugun, 29-aprel kuni Legal Jobs kompaniyasi ish boshlaganiga roppa-rosa 2 yil to'ldi!

Shu muddat davomida kompaniyamiz rekruting va HR sohalarida ko'plab loyihalarni amalga oshirishga ulgurdi, ko'plab hamkorlar bilan ishlandi, yuzlab hamyurtlarimiz ish bilan ta'minlandilar.

Bularning barchasi mehnatkash va ahil jamoamiz sharofati bilan amalga oshdi! Qisqa muddat ichida Legal Jobs kompaniyasining O'zbekistondagi yetakchi rekruting kompaniyasiga aylanishida hamkorlarimizning o'rni ham beqiyos.

Kompaniyamizning 2 yillik bayramida, shu muddat ichida biz bilan ishlagan barcha biznesmenlar va kompaniyalarga tashakkur izhor etamiz. Bizning jamoa bilan ishga joylashgan yurtdoshlarimizga faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Legal Jobs jamoasining barcha a'zolarini bugungi bayramimiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Barchamizning oilamiz tinch, tanimiz sog', ishlarimiz besh bo'lsin!

Legal Jobs — eng yaxshi nomzodlar eng yaxshi kompaniyalar uchun!