Get Mystery Box with random crypto!

​​Bu Namangan tumani XTB mudirining(pastda screenshot bor) bu | LEGAL MIND

​​Bu Namangan tumani XTB mudirining(pastda screenshot bor) bugungi gapi. Vazir Hilola Umarovani buyrugida esa maktablar uchun ta'lim 18-yanvardan boshlanishi kerak.

Qarorga yaxshilab qarasangiz, markaziy apparat va hududiy boshqarmalar (ya'ni tuman, viloyat XTB) alohida tilga olingan. Bu ular bo'ysunishi kerak degani.

Muammoli joyi shundaki, Vazirlar Mahkamasining mana bu buyrug'i bilan maktab ta'limiga mas'ul mansabdor Hilola Umarovani buyrug'ida — quyi qatlamda anglashilmovchiliklar mavjud. Kabminning buyrug'i OTM, texnikum, kollej, maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun lekin maktablarga taalluqli emas.

Buni tushunish uchun juda katta kalla kerak emas, menimcha.
Lekin XTB mudirining buyrug'i tumandagi maktab rahbarlaridan tortib o'quvchilar va ularning ota-onalarini ham noroziligiga sabab bolmoqda. Chunki vazirlik boshqacha qaror qilgan va buni media orqali tumandagilar ham ko'rgan.

Shu postni yozayotgan vaqtimda vazirlikdan mana bu xabar kelib turibdi, essiz .

Hozirgi vaqtda ob-havo -2 gradus atrofida, tashqarida esa qor yog'ib yotibdi. Bunday paytda maktabga borish tugul odamlar uyidagi svetni o'chib qolmasligidan xavotirlanadi.


@legal_mind