Get Mystery Box with random crypto!

Milliy terma jamoa vingeri Jaloliddin Masharipov jonli efirida | LEGAL MIND

Milliy terma jamoa vingeri Jaloliddin Masharipov jonli efirida klubdagi jamoadoshi Ronaldo haqida gapirdi. Aytdiki, “trenirovkadan oldin ham, keyin ham drenajor zalga kiradi va hammadan erta kelib, kech ketadi” dedi.(shu joyida miyyamga fikr keldi, barcha kursdoshlarimdan ko'p mehnat qilganimda, Ronaldo zalda vaqtini o'tkazganidek men kutubxonada shunday mehnat qilganimda hozir qaysi darajada bo'lardim?! )

Shu gapni o'zi ancha ma'no beradi, chuqur fikrlashga majbur qiladi. Faoliyatining oxiri deyilayotganda, Yevropa grand klublariga kerak bo'lmaganda, saviya jihatidan top 5 ligalardan ancha pastda turuvchi chempionatda o'ynashi aniq bo'lganiga qaramay u 18 yoshida qanday bo'lsa, shunday shug'ullanishda davom etmoqda.

Bu shaxs haqiqiy — fenomen. Undagi maqsad uy qurish, mashina olish, kayf qilib yashash bo'lmagan, ehtimol. Birinchi o'ringa eng zo'ri bo'lishni qo'ygani uchun ham hozir barchaning e'tiborida.

Ronaldoning shaxsiyati va prinsiplari men uchun doim motivatsiya bo'lgan. Maydondagi harakatlari boshqa masala lekin bu yigitdagi taslim bo'lmaslik, qattiq mehnat qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi narsalarni o'rnak sifatida olsak arziydi.

Prioritetlarimizni to'g'ri tanlashimiz shart. Atrofdagi do'stlaringni maqsadi, jamiyat o'lchovlari va xohishlari — hammasi arzimas narsalar. Ishonavering, bizdagi odamlar moddiy ne'matlarga nisbatan zombidek fikrlaydi. Barchaniki bir xil.

We blame society, but we are society:)

@legal_mind