Get Mystery Box with random crypto!

Energetika vazirligining murojaatini ko'rib Gonduras ham ustim | LEGAL MIND

Energetika vazirligining murojaatini ko'rib Gonduras ham ustimizdan kulsa kerak.

35 milliondan oshiq xalqimiz 24/7 uzluksiz elektrdan foydalansa ekan tejash haqida gapirsa. Tadbirkorlarni support qilishga oid qaror, farmonlar chiqaravermasdan oddiy gaz bilan svetni yuqori kuchlanishda yetkazib berilsa ham foydali. Mayli, bu katta mavzu — tahliliy yondashuv kerak.

Yangi O'zbekiston uchun hozirgi muammolarning barchasiga 2016-yilgacha bo'lgan davrdagi eski O'zbekiston aybdor. Yangi hukumat boshqaruvga kelganiga 6 yildan o'tyaptiki bizda eski muammolar hali ham avjida.

Bularga 60 yil bersang ham bir ish qila olmasa kerak. Boshqaruv xato bo'lsa yillar o'tsa ham natija bo'lmaydi. Xalqni hayoti yaxshilanishida vaqtni ahamiyati yo'q. Masalan, xalifalikni gullab-yashnatib, serquyosh qilib yuborish uchun Umar ibn Abdulazizga 2 yil yetarli bo'lgan. Siyosiy boshqaruvda ming yillar oldingi prinsiplar hech qachon o'zgarmaydi. Shunchaki, xalqi uchun xizmat qiladigan va xalqini o'zi uchun xizmat qildiradigan boshqaruvchilar bo'ladi, holos.


@legal_mind