Get Mystery Box with random crypto!

Kuzatish

Telegram kanalining logotibi kuzatish1 — Kuzatish K
Telegram kanalining logotibi kuzatish1 — Kuzatish
Kanal manzili: @kuzatish1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11
Kanalning ta’rifi

Haqni koʻrish uchun ochiq koʻzlar emas ochiq qalb kerak.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-03 00:06:23 Tun boʻyi alla nimalarni oʻylaysan. Eynshetyn boʻlib dunyo sirlarini ochasan. Eng yomoni ertalab turganingda bari yodingdan chiqadi, soatga qaraysan ... Ishga kech qolding. Shoshib borasan . U yerda unutib qoʻygan falsafa darsining daʼvomi boʻladi. Ha shunday kimdir aytganidek Olam anglashlardan iboratdir.
21 viewsDavlatbek Davronov, edited  21:06
Ochish/sharhlash
2022-08-02 23:47:03 Qalblar Robbisining zikri bilan orom olur. Ajabki Alloh taolo bandalarini shunday yaratgan. Orom va tinchlik tilovchi qilib. Jismda ming turli saodatlar boʻlsa-yu ammo qalbida taskin topmasa nima boʻladi ? Inson maʼnan oʻladi. Allohni tanishlikdek saodat yer yuzidagi eng buyuk neʼmatlardan biri menimcha!

Alhamdulillah!
17 viewsDavlatbek Davronov, 20:47
Ochish/sharhlash
2022-07-29 16:13:18 Doʻstim ikki koʻzim toʻla hasrat yoshi,
Aytgin qaysi birisini soʻzlay senga.
Yigit borki yelkasida dunyo toshi,
Yigit borki yuragida ishq be ega.

Abdulloh Davron
23 viewsDavlatbek Davronov, 13:13
Ochish/sharhlash
2022-07-23 15:15:50 Haqiqat izlaydi bu soʻqir koʻzim,
31 viewsDavlatbek Davronov, 12:15
Ochish/sharhlash
2022-07-19 18:00:28 #eski she'r daftaridan
Arazlashdi men bilan bahor,
Keting dedi kuz u xazonga.
Va adadsiz tunlarda bedor,
Sigʻmay qoldim bu keng jahonga.

Bizga vido aytilgan chogʻda,
Bormi edi koʻzlarida nam.
Yillar boʻldi jonim firogʻda,
Bormay qoʻydim gulistonga ham.

Balki u ham oynadan qarab,
Kutib turar mening yoʻlimni.
Endi bilsam dunyodan asrab,
Xazon qilib qoʻydim gulimni.


Abdulloh Davron
39 viewsDavlatbek Davronov, edited  15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-19 17:58:31 #sevimli
37 viewsDavlatbek Davronov, 14:58
Ochish/sharhlash
2022-07-19 17:57:25 ШАЙТАНАТ

(Адиб Тоҳир Маликнинг «Шайтанат» видеофилмида айтилган қўшиқ)

Ҳаёт-гулзор, дея, кездим, тиконлари чиқди йўлдан,
На-да тиконлари, турфа илонлари чиқди йўлдан.

Тилинди қалб, шилинди тил, балои нафс бўлди ғолиб,
Қиморга бой берилди ор, пушмонлари чиқди йўлдан.

Кўнгил бердим ёра ногоҳ, ахтариб мен тасаллолар,
Заҳарханда қилди ағёр, ёмонлари чиқди йўлдан.

Замон Ҳаққа тегишли, деб неча фурсат қилдим сабр,
Чектириб оҳ, неча соҳибзамонлари чиқди йўлдан.

Бу бир қисмат, дедим, балки пешонамга ёзилгани,
Худо урган Шайтанатнинг шайтонлари чиқди йўлдан.

Борми бирор ҳайрихоҳим ва ё ҳамдард? Муҳаббатнинг
Тоҳир Малик, Шукурдайин қурбонлари чиқди йўлдан.

1999
293 viewsDavlatbek Davronov, 14:57
Ochish/sharhlash
2022-07-18 19:25:03 Vaqt , masofa, vaziyat insonlarni oʻzgartirmaydi. Kim avval qanday boʻlgan boʻlsa shundayligicha qoladi.
30 viewsDavlatbek Davronov, edited  16:25
Ochish/sharhlash
2022-07-14 22:06:35 To tonggacha kut deding menga,
Qaysi tongni aytding bilmadim.
Vujudimda hijron be ega,
Tutolmayman uni bilganim.
36 viewsDavlatbek Davronov, 19:06
Ochish/sharhlash
2022-07-14 21:43:32 #kuzatish

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!

Biz qilayotgan amallardan Allohga biror foyda yo zarar yoʻq. Nimaniki qilasak oʻz oʻzimizga qilamiz. Alloh har narsadan behojat Zot. Shaytanatni oʻqiyabman ruhimda bulutlar bor tuman choʻkgan. Hozirgacha Qurʼon moʻjizalari hayratga soladi meni. Buni nimaga esga oldim Shaytanatda oʻzimni koʻrdim ruhimni , hayollarimni koʻrdim, tuygʻularimni koʻrdim. Vo ajab. Uni Asadbekga , Haydarga, Sobitxonga, Abdurahmon otaga ajratmasdan bir butun his qildim. Vujudimda hayrat 4-kitobda toʻxtadim.
35 viewsDavlatbek Davronov, edited  18:43
Ochish/sharhlash