Get Mystery Box with random crypto!

#eski she'r daftaridan Arazlashdi men bilan bahor, Keting dedi | Kuzatish

#eski she'r daftaridan
Arazlashdi men bilan bahor,
Keting dedi kuz u xazonga.
Va adadsiz tunlarda bedor,
Sigʻmay qoldim bu keng jahonga.

Bizga vido aytilgan chogʻda,
Bormi edi koʻzlarida nam.
Yillar boʻldi jonim firogʻda,
Bormay qoʻydim gulistonga ham.

Balki u ham oynadan qarab,
Kutib turar mening yoʻlimni.
Endi bilsam dunyodan asrab,
Xazon qilib qoʻydim gulimni.


Abdulloh Davron