Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kutubxona — 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal
Telegram kanalining logotibi kutubxona — 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal
Kanal manzili: @kutubxona
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.12K
Kanalning ta’rifi

👨‍🏫 XUSH KELIBSIZ 👩‍🏫
🔊 Maqsadimiz
🇺🇿 Yurtimizda kitobxonlar sonini ko'paytirish
⏳Fursat borida ilm o‘rganing! Ilm kerak bo‘lganda fursat topilmasligi mumkin⌛️🧠
Buyurtma: @Kitoblar_ulashamiz_1
📍Reklama xizmati: @Xurshidbek_Rahmatullayev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 51

2022-10-06 13:42:32
@Kutubxona

"Sabr qil!
Gar nasibing bo'lsa, qismat bo'ladi. Imtihoning bo'lsa, jannat bo'ladi")

Mavlono Rumiy
460 viewsMansurovaF, 10:42
Ochish/sharhlash
2022-10-06 13:29:39
#kuz) 2
Kuz-shukr fasli
Musulmon kishi doim shukrda bo'lishi lozim. Ne'matlar ziyoda bo'lganda shukri ham ziyoda bo'lishi kerak)

@Kutubxona
479 viewsMansurovaF, 10:29
Ochish/sharhlash
2022-10-06 13:24:12
#Kuz) 1
Abu Sa'iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Kim Alloh yo'lida bir kun ro'za tutsa, Alloh uning yuzini do'zaxdan yetmish kuz uzoqlashtiradi", deganlarini eshitdim" (Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan)

@Kutubxona
427 viewsMansurovaF, 10:24
Ochish/sharhlash
2022-10-06 12:55:05 ​Kitobcha maqollar

...Kitob boʻlmasa daraxtning uchi qimirlamaydi.

...Kitobxonlarning yugurgani kutubxonagacha.

...Oz-oz kitob oʻqib dono boʻlur.

...Kitob oʻqimagan inson keltirar tashvish.

...Telefon olma, kitob ol.

...Gilam sotsang qoʻshningga sot,
Bir chekkasida kitob oʻqib oʻtirasan.

...Kitobsiz – oshim,
Doʻstsiz – boshim.

...Kitob kitobni chaqirar,
Kitobsiz – uyquni.

...Kinoni ming marta koʻrgandan,
Kitobini bir marta oʻqigan yaxshi.

...Kitobdan kelsa boylik,
Turmush boʻlar chiroylik.

...Oltin olma, kitob ol,
Kitob oltin emasmu?

...Bilmaganni kitobdan oʻqib oʻrgangan – olim,
Erinib oʻqimagan – oʻziga zolim.

...Kelinni kelganda koʻr,
Kitoblarini yoyganda koʻr.

...Kitob – yetti xazinaning biri.

...Kitobsiz birni yiqar,
Kitobli – mingni.

...Kitobga eʼtiborsiz,
Elga eʼtiborsiz.

...Kitob zehningni ochar,
Dangasa oʻqishdan qochar.

...Kitob – hayot manbayi.

...Kitobli topib gapirar,
Kitobsiz – qopib.

...Yetti oʻylab, bir kitob ol.

...Oʻqilmagan kitob eskirar.

@Kutubxona
556 views ayiRBAS , 09:55
Ochish/sharhlash
2022-10-06 12:52:55
Рассом маҳорати: Инсон умри — оқар дарё
@Kutubxona
530 views ayiRBAS , 09:52
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:10:03
Qalb iffati
Iffat barcha a'zolar uchun lozim va har bir a'zoning iffati bor. Tilning iffati behuda so'zlamaslik bo'lsa, ko'zning iffati uni haromdan tiyish bo'ladi. Ammo banda uchun avvalo qalbning iffati lozim. Qalbga Allohdan boshqasi halol emas. Qalb iffatiga erishsagina, Haqqa tomon yuradi. Iffat shunday ajoyib tuyg'uki, tug'ilajak bolaning iffati onanning iffati qadar bo'ladi.
Ushbu kitob ham tarix - o'tmish haqida, ham odobi Qalb haqida saboq olamiz. Avvalida tug'ilajak farzandi uchun Iffat so'rab duoda bo'lgan Hanna onamiz haqlari da, Maryam onamizga g'amxo'rlik qilishni bo'yniga olgan Iysha va Zakariyo payg'ambar haqlarida, Qalb ko'zi ko'rlarning bo'xtonlari deb Maryam onamizning, ularning Allohga maxbub bandalar bo'lishlariga qaramay, dunyo hayotida uchragan sinovlari haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.
@Kutubxona
694 views , edited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:07:40 SIZNI YAXSHI KO‘RISHLARINI AYTISHDIMI ?

Ularga o‘zingizni beparvodek ko‘rsatmang. Vaqt keladi, sizni yaxshi ko‘rganlarni topolmay qolasiz.

Doim kimdir sizning ishingizga katta ahamiyat beradi. Siz esa buni sezmaysiz ham.

Og‘riq-alamlarini tabassum bilan hikoya qilib berayotgan kishini ko‘rganingizda bilinki, u ichidan ming marta o‘lib bo‘lgandir

Kimdir sizni ko‘rganda o‘zini bilmaganlikka, ko‘rmaganlikka olyaptimi, demak, siz uning zehnida yashindek yaraqlab, barq urib turibsiz

Ba’zi vaqtlarda o‘zingiz xohlagan narsangizga erisha olmagansiz, to‘g‘rimi? Ehtimol, o‘sha erisha olmaganingiz sizga ato etilgan ulkan ne’mat bo‘lishi mumkin.

Ko‘z yoshlar eng qimmat suyuqliklardir. Ular 1 foiz suvdan, 99 foiz his-tuyg‘ulardan iboratdir. Zaiflarning qalblarini og‘rintirmanglar! Tag‘in u qalblardan bir duo chiqib, sizlarni halok qilmasin

Siz kulsangiz ham, yig‘lasangiz ham, baribir, hayot o‘taveradi. To‘xtab qolmaydi. Shunday ekan, barcha dardlaringizni ustingizga yuklab olmasdan, ulardan xalos bo‘ling, ularni unuting va tabassum qiling!.. Ehtimol vazifangiz ortga surilayotgandir. Ehtimol uylanishingiz

Ehtimol kasallikdan tuzalishingiz ortga surilib turgandir. Lekin ajringiz, savobingiz hech qachon kechikmaydi. Sizga sabr qilganingiz miqdoricha shodlik keladi Inshaalloh.

Shuning uchun sizga «Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir».


@Kutubxona
590 views ayiRBAS , 07:07
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:06:35
Ҳамиша қаҳрамон бўлиш мумкин эмасдир, лекин ҳамиша инсон бўлиб қолиш мумкин.

И. Гёте

@Kutubxona
565 viewsҲамудулла Эшимов, edited  07:06
Ochish/sharhlash
2022-10-06 09:33:26
" Yaxshi odamlar "

Afsus o'tib ketdi , beg'ubor damlar ,
Sizga yog'dirgan men , tashvish - u g'amlar ,
Mayli omon bo'ling , xayr , alvido ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mendan nimalarni , qildingiz talab ,
Ba'zan ranjidingiz , qilib alamlar .
Qoldim olislardan , sizga baxt tilab ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mayli mendan ketib , bo'lsangiz omon ,
Ketaman olislab , bosib qadamlar .
Bo'lay siz aytganday , mayli men yomon ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mendan ketishingiz , bir kun bilardim ,
Sizni yaxshi degan , sinsin qalamlar .
Chin qalbimdan sizni , yaxshi ko'rardim ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Do'st deb bilganlarim , qildilar gumon ,
Doimo yonimda bo'ldi onamlar .
Ketsam , ranjimangiz olislar tamon ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

@Kutubxona
642 views ayiRBAS , 06:33
Ochish/sharhlash
2022-10-06 08:54:22 Assalomu aleykum hurmatli kitobxonlar
Ishlar ko'pligi uchun kanal va guruhga qaray olmayapman shuning uchun guruppa yoki kanalga o'z hissasini va ilm ulashish yo'lida biz bilan hamnafas bo'luvchilarni #admin(ka)likka taklif qilaman
Boshqa guruppalarga o'xshab odam qo'shib bering dib so'ramimiz
Siladan bizaga faqatgina ishonchni oqlab guruh rivojiga rivoj qo'shsela shuni o'zi kifoya.
Hoxlaganlar lichkamga yozsin
@Kutubxona_admini
761 views ᴋⷦᴜͧᴛͭᴜͧʙⷡxͯᴏⷪɴᷡᴀⷽ ᴀⷽᴅͩᴍᷟɪͥɴᷡɪͥ , 05:54
Ochish/sharhlash