Get Mystery Box with random crypto!

' Yaxshi odamlar ' Afsus o'tib ketdi , beg'ubor damlar , Si | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

" Yaxshi odamlar "

Afsus o'tib ketdi , beg'ubor damlar ,
Sizga yog'dirgan men , tashvish - u g'amlar ,
Mayli omon bo'ling , xayr , alvido ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mendan nimalarni , qildingiz talab ,
Ba'zan ranjidingiz , qilib alamlar .
Qoldim olislardan , sizga baxt tilab ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mayli mendan ketib , bo'lsangiz omon ,
Ketaman olislab , bosib qadamlar .
Bo'lay siz aytganday , mayli men yomon ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Mendan ketishingiz , bir kun bilardim ,
Sizni yaxshi degan , sinsin qalamlar .
Chin qalbimdan sizni , yaxshi ko'rardim ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

Do'st deb bilganlarim , qildilar gumon ,
Doimo yonimda bo'ldi onamlar .
Ketsam , ranjimangiz olislar tamon ,
Meni yomon bilgan , yaxshi odamlar .

@Kutubxona