Get Mystery Box with random crypto!

Umr bahori #N_68 #Muallif_Mandy_Matyakubova — Eldor aka. | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

Umr bahori

#N_68

#Muallif_Mandy_Matyakubova

— Eldor aka. Akam sizni oʻldirib qoʻyadla  kirsangiz!!— dedi Humyaro uyi oldida Eldor bilan turar ekan
— Jiyani otasiz qolishni hohlamasa oʻldirmaydi!— dedi Eldor kulib...
— Ey jinnilikni qoʻying. Bolajonim tirik chiqaylikda!— dedi Humayro qornini ushlab..
— Ha oʻgʻlim mendek kuchli .
— Qiz boʻladi dedim sizga!!— dedi Humayro Eldorni chimchilab.
— Menga farqi yoʻq.. Ketdik... Eldoe Humayroni qoʻlidan ushlab uyga kirdi Hovlida Arslon amaki va Husniddin choy ichib oʻtirishgandi... Arslon amaki ularni koʻrishi bilan qoʻlidagi choyni xontaxtaga qattiq qoʻydi... Husniddin oʻrnidan turub jiddiy qiyofada ularga qaradi..
— Kuyov yov degani emas ey nega bunday qaraysizlar?! Humayro xonangni sogʻinganmiding borib koʻrib chiq!— dedi Eldor Humayroga qarab. Humayro endi hovlini oʻrtasiga borganida Husniddin gapirdi.
— Humayro toʻxta!.
— Humayro xonangga chiq dedim!— dedi Eldor Husniddindan koʻz uzmay.. Humayro ikki oʻt orasida qoldi bir Akasiga bir eriga qarab turaverdi.
— Qizim oldimga kel!— dedi Arslon amaki nihoyat... Humayro sekin Arslon amakini oldiga kelib turdi..
— Shu paytgacha nimaga kelmading... Ota onani arazi bir soatga bormaydi... Dedi Arslon amaki va oʻrnidan turub Humaroni peshonasidan oʻpib bagʻriga bosdi...
— Ha Kuyov nima qilib turubsan? Endi qizimni bermayman.. dedi Asrlon amaki kulib Eldorga qarab.
— Olib qochib ketganimni bilmay qolasiz... Man hafaligingizni bilaman... Men uylanmaganman bu shunchaki tomosha boʻlgan. Dadamni bilasizku....
— Ha bilaman. Senga qizimni ishonganman Ilyosga oʻxshamaysan...
— Meni oʻgaymanmi Singlim?!— dedi Husniddin Humayroga qarab.. Humayro kulib Husniddinni oldiga yugurdi...
— Yugurma yaramas sekinroq yur!— deya baqirdi Eldor...
— Nimaga baqirasan singlimga?!— dedi Husniddin Humayroni yelkasidan qoʻlini oʻtkazib...
— Jiyaningizni ehtiyot qilsinda!— dedi Eldor kulib... Arslon amaki va Husniddin juda hursand boʻlib ketishdi... Humayro uyalganidan koʻzini yerdan uzmadi...
— Buni nishonlash kerak!?! Sen yoqtirgan Toʻrtlardan buyurtma qilamiz!— dedi Husniddin hursandligidan Humayroga..
—Koʻrdingizmi akam meni oʻylaydilar. Siz doim gʻalati shirinliklar topib kelasiz .. dedi Humayro Eldorga qarab.
— Ha oʻsha gʻalatilarni kim aytadi menga??
— Qoʻshnim.. deya Humayro oʻzini xonasiga chiqib ketdi... Humayro xonasiga chiqgach Eldor Arslon amakinl yoniga kelib oʻtirdi..
— Dadam qilgan ishi uchun sizdan uzur soʻrayman... Meni ham aybim bor tan olaman... Lekin sizga kattakon rahmat menga shunday sabrli iboli qizni tarbiya qilib berganingiz uchun... Uni hech qachon yigʻlatmaynan deyolmiman chunki Humayro juda erka qiz oʻzingiz ham bilasiz. Tayyorlagan qahfasi oʻxshamasa ham yigʻlab oladi.. bazida kulaman bazida urushaman yigʻlama deb.. Koʻnglingiz toʻq boʻlsin endi uni qiynamayman azob bermayman.
— Baraka top roziman...

@KUTUBXONA obuna boʻling! Obuna boʻlish uchun, quyidagi linkni ustiga bosing

Sizlar uchun maxsus, biz bilan qoling va birga bo'ling
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
@Kutubxona
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
@Kitoblar_ulashamiz_1
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿