Get Mystery Box with random crypto!

Umr bahori #N_67 #Muallif_Mandy_Matyakubova Eldor restora | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

Umr bahori

#N_67

#Muallif_Mandy_Matyakubova

Eldor restoranlardan qidirib qisqichbaqa topgach olib chiqib Humayroga uzatdi.. Humayro shoshib idishni ochdiyu baqirib idishni oynadan otib yubordi...
— Vaydooddd... .
— Haaa  nima boʻldi nega otib yuborasan?... Dedi Eldor choʻchib.
— Qoʻrqinchli ekan qisqichbaqalar. Tirilib ketadigandek tuyuldi... Dedi Humayro yigʻlab.
— Jinnimisan nimaga tiriladi. Oʻzing yeyman dedingku!.
— Tavba qildim boshqa aytmayman. Qoʻrqinchli ekan..
— Jinnisan a? Hozir toʻgʻri bitta joyga boramiz. Kuchli boʻl hopmi iltimos?!.. Humayro jim qoldi.. Eldor toʻgʻri Ilyos amakini oldiga keldi...
— Ichkariga kirmaymiz iltimos.. dedi Humayro uyga qarab.
— Senga kuchli boʻl dedim... Iltimos men uchun endi yur... Eldor Humayroning qoʻlidan ushlab uyga olib kirdi... Ularni onasi qarshi oldi..
— Oyi dadam qayerdalar?
— Xonasida tinchlikmi?? Nima boʻldi?
— Hech nima oyi... Eldor Humayroni qoʻlidan tortqilab Ilyos amakini xonasiga olib kirdi..
— Assalomu alaykim dada? Mazza qilib oʻtiribsizmi??? Dedi Eldor.
— Va alaykum assalom tinchlikmi kech boʻlganida..
— Ha dada hammasini bildim. Siz gʻolib boʻldingiz. Oʻsha soxta keliningizni maqsadi pul ekan. Humayroni oʻgʻirlab ketib mendan katta miqdorda pul uy va moshina oldi...  Muhimi Koʻnglingiz joyiga tushdimi...
— Eldor bular!!!
— Arslon amaki bilan urishish kerak shuning uchunmi???. Men sizni rozi qilish uchun oʻsha qizga uylandim. Rozimisiz???
— Ha roziman..
— Endi hayr. Sizdan menga hech nima kerak emas.. Rozi qildim meni tinch qoʻying....  Deya Eldor xonadam chiqdi koʻzidan yosh oqsa ham Humayroga koʻrsatmaslikka hatakat qildi..
— Bunday qilmang!.— dedi Humayro Eldorni qoʻlidan qattiq siqib..
— Yoʻq! Oyi yaxshi qoling. Men ketdim.... Deya Eldor orqasiga aylanib ham qaramasdan uyda chiqa boshladi...
— Eldor!— deya baqirdi Onasi Eldorga .... Eldor toʻxtadiyu sekin Onasiga aylanib qaradi...
— Kechiring ona! Dedi Eldor yigʻlab.
— Baxtli boʼl oʻgʻlim roziman.. dedi   onasi yigʻlab... Eldor uydan tezroq chiqib ketay deya tez yurdi darvozadan chiqgach... Moshina oldiga endi kelganida Humayro Eldorni toʻxtatib oʻziga qaratdi.... Eldor gapirmay Humayroni bagʻriga bosib yigʻlab yubordi...
— Kechiring hammasi meni deb!!— dedi Humayro ham yigʻlagancha.
— Uyga yur... Ertaga uyinga boramiz dadang va akangni rozi qilaman..

@KUTUBXONA obuna boʻling! Obuna boʻlish uchun, quyidagi linkni ustiga bosing

Sizlar uchun maxsus, biz bilan qoling va birga bo'ling
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
@Kutubxona
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿
@Kitoblar_ulashamiz_1
✿°•┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈•°✿