Get Mystery Box with random crypto!

Umr bahori #N_69 #Muallif_Mandy_Matyakubova 4 oydan soʻng | 🇺🇿 KUTUBXONA™ 📖📚|Rasmiy kanal

Umr bahori

#N_69

#Muallif_Mandy_Matyakubova

4 oydan soʻng...

— Baqaloq tezroq chiq kech qolyapmiz!?? Axir Feruz kutyapti..
Deya Eldor gʻazablana boshladi.
— Chiqyapman mana chiqdim... Deya Humayro uzun koʻylakda kamiga poshna kiyib qiynalibgina yurub chiqdi ...
— Humayro uyda oʻtir gulim kerakmas senga toʻy! Semirib ketganingdan yurolmayapsan ham!.
—Semirganim yoʻq bolayiz... Boraman men borsam mazza qilolmasizda a? Qizlarga gapirib shunaqami?
— Hop borasan unda oʻzinga qulay kiyin. Poshnani otib yubor yiqilib tushsang nima boʻladi? Koʻylagingni qara yelkasiga nega material yetmabdi desam etagiga ketgan ekan hamma material yerda ikki yarim metiri sudralib yurubdi oʻralashib dumalab ketasan qorning bilan...
— Hop bormayman. Oʻzingiz borib kelavering oʻynashlariz oldida xotiniz bilan yurushdan uyalayotgandirsizda mayli nima ham derdim.... Deya Humayro tuflisini Eldorning oyogʻi ostiga otib yuborib xonasiga chiqib ketdi... Eldor peshonasini ikki marta eshikka urub keyin Humayroni oldiga kirdi Humaro allaqachon koʻylagini yechib tashlab koʻylakni kesib tashlayotgan edi... Eldor qoʻlidan olib chetroqqa tashladi.
— Nima qilyapsan Humayro?
— Hech nima!
— Koʻzimga sendan boshqa hech kim koʻrinmasligini qachon tushunib yetasan.. sen borsan men tirikman .... Deya Eldor shkafni ochib Humayroga koʻylak tanlab uzatdi..
— Tez kiy. Sabrina hafa boʻladi bormasang!.. deya Eldor teskari aylanib turub oldi... Humayro koʻylakni kiyib oyogʻiga krasofka kiydi..da Eldorni oldiga kelib turub oldi...
— Ha nima??
— Krasofka kiydim.
— oʻzingga qulaymi?
— ha.
— Unda ketdik... Eldor boshqa gapirmasdan moshinaga chiqdi ortidan Humayro ham. Humayro sezib turardi Eldor hafa boʻlganini Toʻyxonaga yetib kelgacha endi moshinadan tushishayotganda Humayro Eldorni toʻxtatdi...
— Qizlarga qarasangiz koʻzingizga qoʻlimni tiqvolaman... Dedi Humayro ... Eldor Humayroga qarab kulib yubordi.
— Unda hozir tiqib olaqol bilmay qarab qoʻyishim mumkin!!!.
— Shunaqami?  Men ham siz bilan oʻtiraman oʻsha doʻstlaringiz oldida yoki Muslim bilan oʻtirsammkin nima dedingiz??
— Humayro!. Deya Eldor moshinani oynasiga mushti bilan urdi. Oyna chil chil sinib Eldorni qoʻli qonab ketdi
— Bu nima qilganingizz???  Humayro baqirib yubordi .
— Jahlimni chiqarma deganman... Deya Eldor choʻntagidan roʻmolchani olib qoʻlidagi qonni artib tashladi..
— Dorixonaga boraylik.. bogʻlab qoʻyaman..
— Kerakmas hech nima ichkariga yur. Muslim bilan oʻtirasan. Deya Eldor Humayroni qoʻlidan toʻrtqilab Toʻyxonaga olib kirdi... Hamma kelgan doʻstlar kursdoshlar. Eldor Muslimni qidirdi Muslim chekkada bitta doʻsti bilan suxbatlashib oʻtirgandi.. Eldor uni koʻrdida Humayroni qoʻlini qoʻyib yubordi.
— Bor oldiga borib oʻtir... Dedi Eldor va Doʻstlari oldiga oʻtib ketdi Humayro koʻzida yosh bilan oʻrtada qoldi... Biroz turgach toʻyxonadan tashqariga chiqib moshina oldiga kelib oyna sinigʻidan bittasini oldida tomiriga olib bordi... Endi kesay deganda Eldor kelib qoʻlidan olib otib yubordi..
— Bu nima qilganing ahmoq.?— deya baqirdi Eldor...
— Kerakmaymanku sizga oʻzga erkakni oldiga boraver dedingiz!— dedi Humayro yerga qarab yigʻlab..Eldor  gʻazabi ozroq bosilib Humayroni quchmoqchi boʻldi qorin halal berib qoldi... Humayro yigʻlab turganiga bunga etibor bermadi Eldor aylanib Humayroni orqasidan quchdi..
— Baqalogʻim oʻzimni boʻldi yigʻlamagin  uni yonida oʻtirmasligingni bilaman. Agar oʻshani oldiga borib oʻtirganingda ikkalang ham tirik qolmasdingiz...
— Yaxshi boʻlibdi..
— Yaxshimi??? Seni urmasam boʻlmaydiganga oʻxshaydi..
— Ey shu yerda ham urushyasizlarmi.. Biz keldik toʻyxonaga kirmoqchimiz!— dedi Feruz kulib.
— Baxtli boʻlinglar ... Dedi Humayro.
— Oʻzingni ham koʻramiz hali kulaverchi Mamarayim.. dedi Eldor kulib.
— Men ham shunda chiroyli boʻlganmanmi?— dedi Humayro Eldorga.
— Bilmayma.. chunki oʻsha payti men faqat seni koʻzlaringdagi baxtni tomosha qilish bilan band edim...


@KUTUBXONA obuna boʻling! Obuna boʻlish uchun, quyidagi linkni ustiga bosing