Get Mystery Box with random crypto!

Surxondaryo manzaralari, Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona bulog‘ | Surxondaryo | Kun.uz

Surxondaryo manzaralari, Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona bulog‘i

Boysun tumanidagi Xo‘jamayxona bulog‘i shifobaxsh suvi bilan xalq orasida mashhur. Maftunkor tabiat manzaralari qo‘ynidan sizib chiqayotgan obi-hayot o‘ta tiniq va yilning to‘rt faslida ham birdek salqin bo‘lib turadi.

Mutaxassislarning fikricha, buloqdan sekundiga uch kub suv otilib chiqadi. Suvda bir metrgacha bo‘lgan uzunlikdagi baliqlar bor. Lekin, ularni hech kim ovlamaydi. Tepadan pastga qarab, torayib boradigan suv g‘orining chuqurligi ham o‘rganilmagan.

Surxondaryo xabarlari