Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @kunuz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 121.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
998 78 113 10 10
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-04-21 16:04:58
Erdo‘g‘an Turkiya–Isroil munosabatlarida qanday tarixiy burilish yasadi?

G‘azodagi urush sabab Isroilni eng qattiq tanqid qilayotgan davlat bu – Turkiya. Lekin bu ikki davlatning munosabatlari Erdo‘g‘an hokimiyatga kelgunicha va uning hokimiyati ilk yillarida hozirgidan farq qilardi. Turkiya Isroil bilan eng iliq munosabatlarga ega musulmon davlatlaridan biri edi.

TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
21.2K views13:04
Ochish/sharhlash
2024-04-21 14:59:58
Aviakompaniyaning yopilib ketishiga sabab bo‘lgan halokat – McDonnell Douglas samolyoti nega qulab tushgandi?

1998-yilda Shveytsariya aviakompaniyasiga qarashli McDonnell Douglas samolyoti Nyu-York-Jyeneva yo‘nalishida havoga ko‘tarilganidan bir soat o‘tib, Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasi yaqinida, Avliyo Margaret qo‘ltig‘iga qulab tushadi. Oqibatda, samolyotdagi barcha halok bo‘ladi. Hodisadan ko‘p o‘tmay kompaniya bankrot deb e’lon qilinadi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

https://kun.uz/75940532

Kun.uz rasmiy kanali
20.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2024-04-21 14:29:58
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasi ulamolari bu haqda qaror qabul qilgan.

https://kun.uz/89551498

Kun.uz rasmiy kanali
20.0K views11:29
Ochish/sharhlash
2024-04-21 14:02:41
Xarkivlik fermerlar dalalarni portlamay qolgan bombalardan tozalamoqda — ekishni boshlash uchun

Urushning 787-kunidan qisqacha sharh va fotoreportaj.

https://kun.uz/87267358

Kun.uz rasmiy kanali
19.8K views11:02
Ochish/sharhlash
2024-04-21 13:20:00
Turkiyada yurgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Turkiyada firibgarlar o‘zini politsiya yoki maxsus kuchlar xodimi sifatida tanishtirib, xorijdan kelgan shaxslarni chuv tushirish holatlari ko‘payotgani aytilmoqda.

https://kun.uz/39779455

Kun.uz rasmiy kanali
21.2K views10:20
Ochish/sharhlash
2024-04-21 12:03:58
AQSh fond indekslari pasaydi, oltin va kumush qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi

Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinliklar fonida qimmatbaho metallar narxi oshishda davom etyapti. Xususan, yil boshidan beri oltin qariyb 16 foizga, kumush 21 foizga, alyuminiy 11 foizga, mis esa 16 foizga qimmatlashdi.

https://kun.uz/14798913

Kun.uz rasmiy kanali
21.8K views09:03
Ochish/sharhlash
2024-04-21 11:20:02
«Bir hafta pistirmada o‘tirdik». Budanov Tu-22 urib tushirilishi haqida gapirdi

U endi X-22 qanotli raketalari uchib kelmasligiga va Odessaga xavf kamayishiga ishonch bildirgan.

https://kun.uz/24906629

Kun.uz rasmiy kanali
21.9K views08:20
Ochish/sharhlash
2024-04-21 10:32:12
«Arsenal» yana birinchi o‘rinda, «Siti» bahsli qaror bilan finalga chiqdi

Shanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

https://kun.uz/81108563

Kun.uz rasmiy kanali
22.5K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-04-21 09:04:58
“Koreyaga tilni bilmay kelayotganlar ham juda ko‘p” – Janubiy Koreyada 5 yildan beri yashayotgan vatandosh

Janubiy Koreyada ishchilarning huquqlari qat’iy himoya qilinadi, ish beruvchilar migrantlarga yetarlicha qulay sharoit yaratish va uy bilan ta’minlashga majbur. Professional bo‘lmagan, ammo og‘ir mehnat qiluvchilar koreyslardan ham ko‘proq pul topishi mumkin. “Lekin oxirgi vaqtlarda koreys ish beruvchilari O‘zbekistondan keluvchi ishchilarni unchalik ham xohlashmayapti”, deydi 5 yildan beri Koreyada yashab kelayotgan samarqandlik Shahram Abduqodirov.

TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
23.3K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-04-21 08:30:09
Farg‘onadagi YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Volkswagen va Spark mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida 21 yoshli haydovchi vafot etgan.

https://kun.uz/90081414

Kun.uz rasmiy kanali
22.7K views05:30
Ochish/sharhlash