Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @kunuz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 121.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
998 78 113 10 10
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-04 16:39:58
Har bir o‘zbekistonlik minishni orzu qilgan avtomobil - GAZ-24 “Volga” ham amerikaliklardan o‘g‘irlanganmi?

Bir paytlar GAZ-24 Volga deyilsa istalgan odam bir entikib qo‘yardi. U SSSRda ko‘pchilikning orzusidagi mashina bo‘lgan. Biroq o‘ta qimmatligi uchun uni sotib olishning o‘zi bo‘lmasdi. Bugunga kelib kichik “yuk mashinasi”ga aylangan afsonaviy avtomobil konsepsiyasi aslida amerikaliklardan o‘g‘irlanganini hamma ham bilavermasa kerak.

https://kun.uz/52145053

Kun.uz rasmiy kanali
20.5K views13:39
Ochish/sharhlash
2024-05-04 16:10:17
Kanaldan topilgan sirli sandiq – Popdagi mudhish qotillik tafsilotlari

El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi: 2022 yilning avgust oyida Namangan viloyatining Pop tumanidan oqib o‘tuvchi kanalda sirli sandiq topilgani qisqa fursatda atrofga ovoza bo‘ldi. Yetti yoshli boladan yetmish yoshli nuroniygacha shu sandiqni gapirardi go‘yo. Sababi, uning ichida bo‘laklarga bo‘lingan erkak murdasi bor edi. Jinoyat ishi ochilib, qotil kimligi aniq bo‘lganida esa hamma hayratdan yoqa ushladi.

https://kun.uz/62479705

Kun.uz rasmiy kanali
21.1K views13:10
Ochish/sharhlash
2024-05-04 15:29:58
AQSh Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

Taxminlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan qoplanadi, ular bo‘yicha foizlar yig‘ilishda davom etyapti. Vashington bunda «yakka Qo‘shma Shtatlar» emas, balki G7 mamlakatlari ham ishtirok etishini xohlayapti.

https://kun.uz/43699911

Kun.uz rasmiy kanali
20.5K views12:29
Ochish/sharhlash
2024-05-04 15:04:58
Lochindan Qalqongacha: mudofaa texnologiyalariga oid noodatiy festivalidan fotoreportaj

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i”da mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator ishlab chiqaruvchilar, ixtirolar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Kun.uz muxbiri festivalda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.

https://kun.uz/38028654

Kun.uz rasmiy kanali
22.1K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-05-03 08:03:19
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi

Fransiya prezidenti o‘zining avvalgi pozitsiyasini takrorlab, Rossiyaning g‘alabasini oldini olish uchun hech narsani istisno qilmasligini aytdi. Makron The Economist nashriga bergan intervyusida qaysi holatda Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyor bo‘lishiga aniqlik kiritdi.

https://kun.uz/31112809

Kun.uz rasmiy kanali
13.1K views05:03
Ochish/sharhlash
2024-05-03 07:31:44
Amudaryoda suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi kutilyapti

O‘zbekistonning Turkmanistonda joylashgan suv xo‘jaligi obektlari xatlovdan o‘tkaziladi va «Tuyamo‘yin» gidrouzelining «Sultonsanjar» to‘g‘onida «suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish» loyihalari jadallashtiriladi.

https://kun.uz/83865701

Kun.uz rasmiy kanali
13.7K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-05-03 07:06:21
“Sanoat raqobatining xavfli bosqichidamiz” - Ar-Riyoddagi forumda energetika vazirlari nimalar dedi?

Saudiya Arabistoni poytaxtiga, Xalqaro iqtisodiy forumga yig‘ilgan qator davlatlarning energetika vazirlari energiya borasidagi yechimlar ustida qanday bosh qotirilayotgani va barqaror energiyaga o‘tish masalalarini muhokama qildi.

https://kun.uz/68827161

Kun.uz rasmiy kanali
14.3K views04:06
Ochish/sharhlash
2024-05-03 06:30:59
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonlik doimiy ish bilan ta’minlanishi mumkin

Jiddada arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda til va turli kasblarga o‘qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha o‘zbekistonlikni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

https://kun.uz/97983038

Kun.uz rasmiy kanali
16.1K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2024-05-03 06:02:44
Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi

Rossiyaga safar qilish uchun «o‘ta muhim sabablarga ega bo‘lmagan» Qirg‘iziston fuqarolariga safardan tiyilish tavsiya etildi.

https://kun.uz/57753462

Kun.uz rasmiy kanali
16.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-03 05:34:45
Kemeron: Ukraina Rossiyaga Britaniya qurollari bilan zarba berishga haqli

Britaniya tashqi ishlar vaziri Kiyevga tashrifi chog‘ida London o‘zining barcha texnika va qurol-yarog‘ zaxiralarini tugatganini tan oldi, biroq Ukrainaga har yili 3,5 milliard yevro miqdorida yordam berishini va’da qildi.

https://kun.uz/95040371

Kun.uz rasmiy kanali
16.9K views02:34
Ochish/sharhlash