Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi kunuz — Kun.uz | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @kunuz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 121.99K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
998 78 113 10 10
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-04-19 16:07:23
Noruda mahsulotlarining noqonuniy qazib olinishi ortidan tabiatga 6,6 mlrd so‘m zarar yetkazildi – Ekovazirlik

Chirchiq daryosida olib borilgan reyd tadbirlarida daryoning muhofaza qilingan joyidan shag‘al mahsuloti noqonuniy qazib olib ketilayotgani aniqlangan. Oqibatda tabiatga 6 milliard 635 million so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilgan.

https://kun.uz/10505352

Kun.uz rasmiy kanali
17.7K views13:07
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:37:21
Rinotin kids mahsulotini sotib olganlarga pullari qaytarib beriladi – Sanepidqo‘mita

Rinotin kids siropi dorixonalardan yig‘ib olinyapti. Mahsulotni sotib olganlar ishlab chiqaruvchi bilan bog‘lanib, pullarini qaytarib olishlari mumkin.

https://kun.uz/60253278

Kun.uz rasmiy kanali
18.2K views12:37
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:04:09
Toshkentda mansabdor shaxslarning ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazgani yuzasidan tekshiruv boshlandi

Poytaxtning Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida ekologiya xodimlaridan ekilmagan daraxtlarni “Yashil makon” platformasiga kiritish talab qilingani aytilmoqda.

https://kun.uz/90042504

Kun.uz rasmiy kanali
18.0K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-04-19 14:30:01
“Qilgan ishimdan pushaymonman” – mijozning sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘rab chiqdi

U ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 2022-yil oktyabr oyida olinganligini aytib, qilgan harakati uchun qonunda belgilangan jazoga rozi ekanini, mijoz va uning yaqinlaridan uzr so‘rashini bildirdi.

https://kun.uz/40188983

Kun.uz rasmiy kanali
19.0K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:58:31
Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergovga qadar tekshiruv natijasida Sergelidagi 277-maktab o‘qituvchisi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini burama mix bilan qiynab, ularga tan jarohati yetkazgani aniqlangan. Shu sabab 22 yoshli “pedagog”ga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

https://kun.uz/60808748

Kun.uz rasmiy kanali
18.9K views10:58
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:28:02
Eronga raketa otgan Isroil, Falastin uchun veto qo‘ygan AQSh va generalini oqlagan Ramzan Qodirov - kun dayjesti

Dunyoda sodir bo‘lgan yangiliklar, voqea-hodisalarning qisqacha tafsilotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

https://kun.uz/10310006

Kun.uz rasmiy kanali
18.7K views10:28
Ochish/sharhlash
2024-04-19 13:02:57
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi

Tadbirkorlar Soliq kodeksining 227-1-moddasi doirasidagi fiskal huquqbuzarliklarni sodir etganda, ularga qo‘llanadigan jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizini, huquqbuzarlik takroran sodir etilganda esa uning 20 foizini tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Bu bo‘yicha tegishli qonun loyihasi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida muhokama qilindi.

https://kun.uz/00831679

Kun.uz rasmiy kanali
19.2K views10:02
Ochish/sharhlash
2024-04-17 14:40:01
Toshkentda profilaktika inspektori mast erkak tomonidan pichoqlandi

Profilaktika inspektorlari janjal bo‘layotgani haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida Yangihayot tumanidagi oilaga borgan. Xonadon egasi ulardan birining ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan urib, jarohatlagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://kun.uz/67687399

Kun.uz rasmiy kanali
13.1K views11:40
Ochish/sharhlash
2024-04-17 14:13:39
«Bizda raketalar tugadi». Zelenskiy Tripolskaya IES qanday yakson etilgani haqida gapirib, AQShni zudlik bilan yordamni ma’qullashga chaqirdi

Ukraina prezidenti AQSh Kongressidagi bahslarni sharmandalik va siyosiy o‘yin deb atagan. U avvalroq Ukrainani ham Isroilni Eronning havo hujumlaridan himoya qilgandek himoya qilishga chaqirgandi.

https://kun.uz/12884598

Kun.uz rasmiy kanali
14.0K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2024-04-17 13:33:15
O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi

17-aprel kungi kotirovkalarda 5 grammlik quyma oltin narxi 5 mln 12 ming so‘mni tashkil qildi. 15 grammlik esdalik tilla tangalar esa 15 mln 181 ming so‘mdan sotilmoqda. Qimmatbaho metall narxi yil boshidan beri 18 foizdan ko‘proqqa oshdi.

https://kun.uz/74068606

Kun.uz rasmiy kanali
15.8K views10:33
Ochish/sharhlash