Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro hamkorlik departamenti

Telegram kanalining logotibi ku_international_department — Xalqaro hamkorlik departamenti X
Telegram kanalining logotibi ku_international_department — Xalqaro hamkorlik departamenti
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 526
Kanalning ta’rifi

Qo‘qon universitetining talaba va xodimlari uchun:
- Chet elda amaliyot
- Almashinuv dasturlari
- Xalqaro konferensiya va tadbirlar
- Stipendiya va grantlar
Konsultasiya uchun:
➖ AXT (kutubxona), 2 etaj
➖ @umamadaliev
➖ @kuilmiybolim

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-27 08:42:24 Baxrayn Podshohligining Turkiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra ushbu davlatning Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov.

Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Ushbu tanlov quyidagi 2 toifaga ajratilgan holda o‘tkaziladi:


- Yoshlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi hissasini e’tirof etish bo‘yicha birinchi toifa - 5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 20 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi;

- Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning ishtiroki, harakati va ta’sirini ta’minlovchi omillarni tan olish bo‘yicha ikkinchi toifa - 3 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli ajratiladi.

“Podshoh Hamad mukofoti” uchun tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyida keltirilgan veb-sahifa orqali tanishish mumkin: www.kinghamadaward.com

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yil 1-iyul kuniga qadar
ushbu keltirilgan veb-sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur:
https://www.kinghamadaward.com/app/index.php/register
548 viewsNazokatkhon نازوكات, 05:42
Ochish/sharhlash
2022-06-27 06:11:05
Qozon shahrida 4 kunlik sammit: turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!

Kazan Global Youth Summit 2022-yil 27-30-avgust kunlari Qozon shahrida (Rossiya), ingliz tilida boʻliib oʻtadi. Sammitga 18-35 yoshli yetakchi yoshlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Qozonga borish va qaytish uchun aviachipta xarajati ham soʻrov asosida qoplanishi mumkin

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/kazan-global-youth-summit/

@ grantlar
1.2K viewsNazokatkhon نازوكات, edited  03:11
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:53:47 Aziz do'stlar, ko'pchilikning murojaatini inobatga olgan holda saralash bosqichi tartibini o'zgartiramiz!

IBRAT Tillar oromgohi 3 va 4 mavsumlariga qabulni ochiq deb e'lon qilamiz!

3-mavsum: 4-10 iyul
4-mavsum: 11-17 iyul

Ariza topshirish uchun:
- ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting - https://forms.gle/VYCsDngPnqmJyzaD6
- ma'lumotlaringizni to'liq to'ldirganingizdan so'ng essay yozishingiz kerak bo'ladi;

Essay quyidagi kriteriyalarga asoslanib baholanadi:
- task response
- cohesion and coherence
- grammar vocabulary

Eslatma: oromgohda faqat 16 yoshdan 25 yoshgacha bo'lganlar ishtirok eta oladilar!

Arizalar 26-iyun 23:59 gacha qabul qilinadi!

IBRAT Tillar oromgohiga oid barcha ma'lumotlar IBRAT Tillar oromgohi va Alisher Sa'dullayev rasmiy telegram-kanallarida berilib boriladi!

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Hammaga omad!
600 viewsNazokatkhon نازوكات, edited  11:53
Ochish/sharhlash
2022-06-23 14:52:28
The new international school is opening in Tashkent!

The Canadian International School of Tashkent is looking for experienced teachers and TAs.

If you are interested, please send your CVs to a.abduk@canadianschool.uz
431 viewsNazokatkhon نازوكات, 11:52
Ochish/sharhlash
2022-06-23 07:33:04
Janubiy Koreyaning nufuzli universitetida bir semestr ta'lim olishni yoki uning diplomiga ega bo'lishni istaysizmi?....

Woosong Universitetining SolBridge Xalqaro Biznes Maktabi va Qo'qon Universiteti o'rtasida kelishuvga asosan qo'yidagi dasturlar bo'yicha talim oling va xalqaro diplomga ega boling:

Student Exchange (Talaba Almashinuvi)



SolBridge AACSB akreditasiyasiga ega bo`lib, diplomi butun dunyoda tan olinadi.

Ariza topshirishi mumkin bo'lgan yo'nalishlar:
Iqtisodiyot
Moliya
Menejment
Turizm

Izoh:
2+2 ga faqatgina 2-kursni
3+1 ga faqatgina 3-kursni tamomlayotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin

Kerakli hujjatlar:
1. Enrollment certificate (universitet talabasi haqidagi hujjat)
2. Transcript (baholar)
3. English proficiency
4. Passport copy

Qo'shimcha shartlar:
Ingliz tili:
6,5 IELTS yoki o'rnini bosuvchi boshqa sertifikatlar
GPA: minimum 3

Murojat uchun: Xalqaro hamkorlik departamenti / u.mamadaliev@kokanduni.uz

DEADLINE: 30 iyun, 2022 YIL
426 viewsNazokatkhon نازوكات, 04:33
Ochish/sharhlash
2022-06-22 15:07:59
Diqqat! Hamkorimiz Nanchang Universtitetidan ajoyib taklif!

6 kunlik online boshlang'ich Xitoy tili va madaniyati kurslariga taklif qilamiz!

Sana: 24 - 30 iyul
Vaqt: 11:00-13:00 yoki 16:00-17:00
Bepul. Yakunlaganlarga sertifikat berilishi ko'zda tutilgan.

Ro'yxatdan o'tish uchun ushbu ma'lumotlarni yuboring:
1. Ism Familiya
2. Kurs
3. Guruh Raqam
4. Telefon Raqam
5. E-mail

Murojaat uchun Nazokatxon Axmadjonova (telegram: @naz_akh). Murojaat uchun oxirgi kun 29 iyun.

Xalqaro Hamkorlik Departamenti
344 viewsNazokatkhon نازوكات, edited  12:07
Ochish/sharhlash
2022-06-22 14:03:36
Qo‘qon universiteti va Indoneziyaning Muhammadiyah Purvokerto universiteti (UMP) o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Bugun har ikki universitet rahbariyati o‘rtasida videomuloqot amalga oshirildi. Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov universitet faoliyati, strategiyasi va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirdi. O‘zaro akademik ma'lumotlar almashildi.

Muzokaralar davomida memorandumlar imzolandi. Kelgusida talabalar, professor-o‘qituvchilar almashish, hamkorlikda online/offline seminarlar o‘tkazishga kelishildi.

@kokanduniversity
227 viewsNazokatkhon نازوكات, 11:03
Ochish/sharhlash