Get Mystery Box with random crypto!

Koreya xabarlari

Telegram kanalining logotibi koreyadagi_yurtdoshlar_kareya — Koreya xabarlari K
Telegram kanalining logotibi koreyadagi_yurtdoshlar_kareya — Koreya xabarlari
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.64K
Kanalning ta’rifi

🌐 RASMIY TASDIQLANGAN XABARLAR✔️
🇰🇷Korea Elchixonasining yangiliklari,✔️
🔷 Vizalarga aloqador ma'lumotlar.✔️
      🔶BARCHASI KOREA HAQIDA🔶
👉 @Koreya 🔥   kanalida
Reklama uchun: @Axmedov_uz

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-01-06 18:31:26
Bugungi kurs, Janubiy Koreya, 06.01.2023

@Koreya
305 views15:31
Ochish/sharhlash
2023-01-06 15:51:14 Janubiy Koreya Elchixonasiga C-3-4 (qisqa muddatli) vizasiga topshirish uchun kerakli hujjatlar roʻyxati biroz kengaytirildi

1. Koreyada sotib oladigan mahsulotlar roʻyxati

2. Koreya firmasi bilan shartnoma

3. Bankdan oldindan toʻlovni tasdiqlash

————————————————
1. Oʻzbekiston bankidan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun ariza

2. Oʻzbekiston bankidan mablag' oʻtkazilganligini haqida tasdiq cheki

3. Koreyaga pul yuborilgandan keyin mablagʻlar qoldigʻi toʻgʻrisida bankdan sertifikat

4. Koreya bankdan mablagʻ olinganligi toʻgrisida tasdiqnoma

@Koreya
443 views12:51
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:03:37
Bu yildan boshlab E-9 vizasi bilan bitta korxonada 2yil yoki 2.5 yil ishlagan ishchilar qayta vizasini yana 4 yil 10 oyga darhol uzaytirib olishlari mumkin.

Shunda umumiy Koreyada 10 yilga yaqin E-9 vizasi bilan ishlab qolishlari mumkin bo'ladi.

@Koreya
477 views14:03
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:02:12
Bugungi kurs, Janubiy Koreya, 05.01.2023

@Koreya
477 views14:02
Ochish/sharhlash
2023-01-05 13:49:16 KOREYADAGI ORIYATLI O’ZBEKLAR

1)
Sovuqda ishlab og’ir kasal bo’lib shifoxonada yotsa ham, zavodda qo’li stanok tagida qolib bir umrga invalid bo’lgan bo’lsa ham, uydagilariga (ota-onasiga) dardini to’kib sochmagan o’zbeklar

2) Oylik maoshini olmagan bo’lsa ham, o’zi yaxshi yeyolmayotgan bo’lsa ham, ota onasini, oilasini, farzandlarini deb oyma-oy pul yuborayotgan o’zbeklar

3) O’zi qolib ketib birinchi aka-uka, opa-singillariga moddiy yordam berayotgan o’zbeklar

4) O’zi talaba bo’lib kontrakt pulidan tashqari, ham o’qib ham ishlab doim uyiga pul yuboradigan o’zbeklar

5) Koreyada bo’lib turib turli chiroyli joylarga bormasdan E-7-4 vizani olay albatta oilam, farzandlarim bilan aylanishga boraman deb niyat qilib yurgan o’zbeklar

6) Koreysga turmushga chiqib erini musulmon qilib, birga oilaviy namoz o’qiydigan o’zbek ayollar

7) Qiz bola bo’lib turib Koreyadagi universitetlarda a'lo baholarda (grantda) o’qib qadamini o’ylab yurgan sharm-hayolli o’zbek qizlar

8) Koreyaga kelib o’zligini topib namozlarda bardavom bo’lgan o’zbeklar

9) Zavodda qiynalib ishlasa ham ramazon oyida ro’za tutib yurgan o’zbeklar

10)Kasalxonada yotgan vatandoshiga har tomonlama birgalashib yordam beradigan o’zbeklar

11) Zavodda sidqidildan ishlaganligi uchun Koreyani tark qilish vaqtida koreys rahbarini yig’latgan o’zbeklar

12) O’zbekistondagi ayolidan boshqa begona ayollarga qiziqmagan o’zbeklar

13) Samsung sug’urtadagi 500 ming sug’urta pullari foizi qo’shilib 530ming bo’lganidan ortiqcha foiz harom deb 30mingini sadaqa qilgan o’zbeklar

14) Kasalxonada qon yetishmagan qirg’izistonlik birodariga ro’za tutgan bo’lsa ham, donor bo’lib qon bergan o’zbeklar

Xullas, millatni o’ylab yaxshi nom qoldirayotgan o’zbeklar, o’zini o’ylab millatning nomini buzayotgan o’zbeklar, qaysi tarafda bo’lish o’zingizning qo’lingizda.
seul_global_markazi


@Koreya
281 views10:49
Ochish/sharhlash
2023-01-04 18:24:48 KOREYADA O’ZBEKLAR ORASIDA AVJIGA CHIQQAN FIRIBGARLIKLAR

1)
"Vizamni hal qilib beraman deb 3mln pulni oldi. O’zini advokat deb aytganiga ishonib pulni yubordim. Hozir telni ko’tarmayapti".

2)"Kontrakt pulimni ishlash uchun D-2vizadan G-1 vizaga almashtirib berishdi, yana D-2 vizaga o’ta olasiz deb va’da berishdi. Endi bilsam umuman o’tolmas ekanman".

3)"Viza uchun 20mln kerak deb yig’lab, Allohdan qo’rqaman, pulingizni qaytarib beraman deganiga to’plagan pulimni jo’natib berdim. Lekin hozir telefoni ishlamayapti".

4)"Ishga kirgizaman deb bitta o’zbek aka oldindan 500ming von oldi. Lekin ishga olishmadi deb tel qilsam telefonini ko’tarmayapti".

5)"Telefon do’konida ishlaydigan o’zbeklardan telefon olgandim. Keyin bilsam meni nomimga 3ta telefon ulangan ekan".

6)"Yangi Koreyaga kelgan paytim bitta nelegal aka ID kartangizni berib turing deb meni nomimga telefon, mashina olib qarzlari menga kelyapti".

7)"O’zbek ayol bilan sevishib yurdik. Ozgina kelishmovchilik bo’lib meni militsiyaga zo’ravonlikka xabar beribdi. 30mln bersam militsiyadan arizasini qaytarar ekan".

XULOSA O’ZINGIZDAN.......
1) Musofir yurtda chiqdingizmi juda hushyor bo’ling! Sizdan shaxsiy hujjat, ayniqsa ID kartangizni so’rasa, nima sababdan so’rayotganligi va boshqa begona kishiga shaxsiy hujjatlarni berishga rozilik bildirish JINOYAT ekanligini ta’kidlab o’ting.
2) Koreyada o’zbek advokati yo’q. Advokaturada tarjimon bo’lib ishlaydiganlar bor, xolos.
3) Har qanday ma’lumotga, aytayotgan gaplarga ishonib ketavermang. Hech bo’lmasa o’zingiz manbasini qidirib ko’rishga harakat qilib, aytayotgan gapi qay darajada to’g’ri ekanligini tahlil qilib ko’ring!

seul_global_markazi

@Koreya
293 views15:24
Ochish/sharhlash
2023-01-04 12:47:53
XUSHXABARGA TAYYORMISIZ!!!

Hukumat Koreyaga noprofessional mehnat vizasi (E-9) bilan kirgan xorijlik ishchilarning qolish muddatini kelasi yildan boshlab “10 yil + a” ga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

@Koreya
482 views09:47
Ochish/sharhlash
2023-01-04 12:47:52
Rasmda 2023-yilda bo'lib o'tadigan TOPIK imtihonlari jadvali.

@Koreya
465 views09:47
Ochish/sharhlash
2023-01-03 16:48:23 Koreya Elchixonasiga xujjat topshirish uchun medkoʻrikdan oʻtish tartibi va lokatsiyasi

1. Medkoʻrikdan oʻtish uchun avval akkreditatsiyaga ega boʻlgan agentliklarga murojaat qilinadi.

2. Medkoʻrikdan oʻtish uchun agentlik tomonidan Toshkent Xalqaro klinikasining maxsus anketasi bilan yoʻllanma beradi.

3. Medkoʻrikda boʻy, vazn, oʻpka rengeni va qon bosimi tekshiriladi.

4. Medkoʻrik natijasini Toshkent Xalqaro klinikasi xodimi agentlikga taqdim etadi (mijozga xech qanday hujjat taqdim qilinmaydi).

Medkoʻrik natijasi 1-2 ish kunida chiqadi. Medkoʻrik natijasi chiqmasidan oldin Elchixonaga hujjat topshirib boʻlmaydi.
Medkoʻrik natijasining amal qilish muddati 90 kun (3oy)

@Koreya
485 views13:48
Ochish/sharhlash
2023-01-03 14:51:11 2023-yil yangi yildan boshlab Koreyada doimiy rezidentlik va fuqarolikka qabul qilinishi bo‘yicha yangi qaror e'lon qilindi.

Unga ko'ra Ixtisoslashgan fan va muhandislik institutlarida magistr yoki doktorlik darajasini olgan xalqaro talabalar 3 yil ichida Koreya fuqaroligini olishlari mumkin bo'ldi.

@Koreya
515 views11:51
Ochish/sharhlash