Get Mystery Box with random crypto!

KOREYADA O’ZBEKLAR ORASIDA AVJIGA CHIQQAN FIRIBGARLIKLAR 1)'V | Koreya xabarlari

KOREYADA O’ZBEKLAR ORASIDA AVJIGA CHIQQAN FIRIBGARLIKLAR

1)
"Vizamni hal qilib beraman deb 3mln pulni oldi. O’zini advokat deb aytganiga ishonib pulni yubordim. Hozir telni ko’tarmayapti".

2)"Kontrakt pulimni ishlash uchun D-2vizadan G-1 vizaga almashtirib berishdi, yana D-2 vizaga o’ta olasiz deb va’da berishdi. Endi bilsam umuman o’tolmas ekanman".

3)"Viza uchun 20mln kerak deb yig’lab, Allohdan qo’rqaman, pulingizni qaytarib beraman deganiga to’plagan pulimni jo’natib berdim. Lekin hozir telefoni ishlamayapti".

4)"Ishga kirgizaman deb bitta o’zbek aka oldindan 500ming von oldi. Lekin ishga olishmadi deb tel qilsam telefonini ko’tarmayapti".

5)"Telefon do’konida ishlaydigan o’zbeklardan telefon olgandim. Keyin bilsam meni nomimga 3ta telefon ulangan ekan".

6)"Yangi Koreyaga kelgan paytim bitta nelegal aka ID kartangizni berib turing deb meni nomimga telefon, mashina olib qarzlari menga kelyapti".

7)"O’zbek ayol bilan sevishib yurdik. Ozgina kelishmovchilik bo’lib meni militsiyaga zo’ravonlikka xabar beribdi. 30mln bersam militsiyadan arizasini qaytarar ekan".

XULOSA O’ZINGIZDAN.......
1) Musofir yurtda chiqdingizmi juda hushyor bo’ling! Sizdan shaxsiy hujjat, ayniqsa ID kartangizni so’rasa, nima sababdan so’rayotganligi va boshqa begona kishiga shaxsiy hujjatlarni berishga rozilik bildirish JINOYAT ekanligini ta’kidlab o’ting.
2) Koreyada o’zbek advokati yo’q. Advokaturada tarjimon bo’lib ishlaydiganlar bor, xolos.
3) Har qanday ma’lumotga, aytayotgan gaplarga ishonib ketavermang. Hech bo’lmasa o’zingiz manbasini qidirib ko’rishga harakat qilib, aytayotgan gapi qay darajada to’g’ri ekanligini tahlil qilib ko’ring!

seul_global_markazi

@Koreya