Get Mystery Box with random crypto!

KOREYADAGI ORIYATLI O’ZBEKLAR 1) Sovuqda ishlab og’ir kasal b | Koreya xabarlari

KOREYADAGI ORIYATLI O’ZBEKLAR

1)
Sovuqda ishlab og’ir kasal bo’lib shifoxonada yotsa ham, zavodda qo’li stanok tagida qolib bir umrga invalid bo’lgan bo’lsa ham, uydagilariga (ota-onasiga) dardini to’kib sochmagan o’zbeklar

2) Oylik maoshini olmagan bo’lsa ham, o’zi yaxshi yeyolmayotgan bo’lsa ham, ota onasini, oilasini, farzandlarini deb oyma-oy pul yuborayotgan o’zbeklar

3) O’zi qolib ketib birinchi aka-uka, opa-singillariga moddiy yordam berayotgan o’zbeklar

4) O’zi talaba bo’lib kontrakt pulidan tashqari, ham o’qib ham ishlab doim uyiga pul yuboradigan o’zbeklar

5) Koreyada bo’lib turib turli chiroyli joylarga bormasdan E-7-4 vizani olay albatta oilam, farzandlarim bilan aylanishga boraman deb niyat qilib yurgan o’zbeklar

6) Koreysga turmushga chiqib erini musulmon qilib, birga oilaviy namoz o’qiydigan o’zbek ayollar

7) Qiz bola bo’lib turib Koreyadagi universitetlarda a'lo baholarda (grantda) o’qib qadamini o’ylab yurgan sharm-hayolli o’zbek qizlar

8) Koreyaga kelib o’zligini topib namozlarda bardavom bo’lgan o’zbeklar

9) Zavodda qiynalib ishlasa ham ramazon oyida ro’za tutib yurgan o’zbeklar

10)Kasalxonada yotgan vatandoshiga har tomonlama birgalashib yordam beradigan o’zbeklar

11) Zavodda sidqidildan ishlaganligi uchun Koreyani tark qilish vaqtida koreys rahbarini yig’latgan o’zbeklar

12) O’zbekistondagi ayolidan boshqa begona ayollarga qiziqmagan o’zbeklar

13) Samsung sug’urtadagi 500 ming sug’urta pullari foizi qo’shilib 530ming bo’lganidan ortiqcha foiz harom deb 30mingini sadaqa qilgan o’zbeklar

14) Kasalxonada qon yetishmagan qirg’izistonlik birodariga ro’za tutgan bo’lsa ham, donor bo’lib qon bergan o’zbeklar

Xullas, millatni o’ylab yaxshi nom qoldirayotgan o’zbeklar, o’zini o’ylab millatning nomini buzayotgan o’zbeklar, qaysi tarafda bo’lish o’zingizning qo’lingizda.
seul_global_markazi


@Koreya