Get Mystery Box with random crypto!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va fuqarolarning Koreya R | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va fuqarolarning Koreya Respublikasiga ishga ketish jarayonlari haqida “Kun.uz” nashrida eʼlon qilingan materiallar yuzasidan Agentlik tomonidan asosli eʼtirozlar bayon etilib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va “Kun.uz” nashrining o‘ziga murojaat taqdim etildi.

Birinchidan, Agentlik tomonidan “Kun.uz”da eʼlon qilingan har bir material bo‘yicha asoslantirilgan bayonotlar eʼlon qilingan:
1. https://t.me/migratsiyaagentligi/9742
2. https://t.me/migratsiyaagentligi/9980
3. https://t.me/migratsiyaagentligi/10228
4. https://t.me/migratsiyaagentligi/10429

Ikkinchidan, “Kun.uz”da eʼlon qilingan materiallar muallifi Sh.Sharipov bilan Agentlik rahbariyati uchrashuvi tashkil etilgan hamda Koreya Respublikasiga ishga ketish uchun bo‘lib o‘tayotgan test jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida press-turga ham Sh.Sharipov taklif etilib, uning barcha savollariga javob berilgan.

Uchinchidan, Agentlik mehnat migratsiyasi, shu jumladan, Koreya Respublikasiga ishga ketish bilan bog‘liq barcha jarayonlarning adolatli va qonuniy bo‘lishi tarafdori ekani, ushbu jarayonlarda noqonuniy holatlarga duch kelgan taqdirda, Agentlikka yoki huquq-tartibot organlariga murojaat qilish lozimligini takror va takror bildirib keladi.

Ko‘p marta takrorlanganidek, Agentlik, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati va ushbu tashkilotlar xodimlari bilan bog‘liq maʼlumotlarni eʼlon qilishdan oldin, ushbu maʼlumotlarni chuqur tekshirib, yetarli va asosli dalillarga ega bo‘lgandan keyin eʼlon qilish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Agarda “Kun.uz” ixtiyorida haqiqatda Agentlik faoliyati yoki fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo‘natish jarayonlarida jinoyat alomatlari bilan bog‘liq yetarli dalillar mavjud bo‘lsa, ushbu maʼlumotlar Agentlikka yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga taqdim etilsa, “Kun.uz” nazaridagi muammo yechimiga yaqinroq va maqsadli qadam bo‘lgan bo‘lar edi.

Shu bilan birga, Agentlik jamoatchilikda paydo bo‘layotgan barcha savollarga javob berishga va ochiq muloqotga tayyorligini maʼlum qiladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt