Get Mystery Box with random crypto!

TOPIK to'lovini qaytarib olish Yuqorida O'zbekistonda TOPIK i | Koreya xabarlari 🇺🇿|🇰🇷

TOPIK to'lovini qaytarib olish

Yuqorida O'zbekistonda TOPIK imtixonini topshirib 5 yoki 6-daraja olganlarga imtixon to'lov puli(300 000 so'm) qaytarib berilishi haqida yozgan edim.

Buning uchun siz birinchi mygov.uz saytida o'z kabinetingizni ochishingiz kerak.

Undan so'ng saytga kirib:
- Yoshlar va to'lim bo'limi->Xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha xarajatlarni qoplab berishga arizani bosishingiz kerak.
- Shundan so'ng xizmatdan foydalanishni bosasiz.
- Keyin ariza to'ldiruvchi turini tanlaysiz
- Arizachi haqida ma'lumotlar oynasi chiqadi. Bu yerda hamma kerakli ma'lumotlarni kiritasiz.
- Keyin imtixon haqida ma'lumotlarni kiritasiz:
1) Kompnesatsiya olinadigan hudud
2) Xalq banki filiali
3) Imtixon turi(TOPIK I-II)
4) Qo'lga kiritilgan daraja(5 yoki 6)
5) Imtixon topshirish to'lov miqdori(300 000)
6) Sertifikat ro'yxatga olingan raqami(12 ta raqam)
7) Sertifikat olingan sana
8) Imtixon o'tkazilgan tashkilot(joy)

larni yozish kerak.
Bu ariza 1 yoki 2 haftada ko'rib beriladi.(Menda 1 haftada javobi chiqibdi)
#topik

P.s. IELTS 7 yoki bundan ham yuqori bal olganlar ham imtixon pulini qaytarib olishlari mumkin. Post qayta qo'yildi.

@allimtv