Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!
Koreya Respublikasida
xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil
2-3 may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun imtihonlar
7-iyun kunidan boshlanadi.
Nomzodlar uchun
muhim maʼlumotlar:
1. EPS-Topik testiga kirish vaqtidan bir soat oldin ro‘yxatdan o‘tish shart.
2. Testdan kamida 40 balldan yuqori natija olgan nomzodlar uchun o‘sha kunning o‘zida malaka imtihoni (skill) tashkil etiladi.
Imtihon manzili: Toshkent shahri Yangihayot tumani Lutfikor ko‘cha 33-uy.
Lokatsiya
Imtihonda qatnashuvchi nomzodlar ro‘yxati
Manba
Koreya haqida
https://t.me/+31HNVVGhIDU2OGQy