Get Mystery Box with random crypto!

Studentcha muhabbat haqida she'r. Student boshingga sevgi na | Konservativ Tribunal ✔️

Studentcha muhabbat haqida she'r.

Student boshingga sevgi na kerak
O‘zi ijarada qarzing bor talay.
Axir sevishga ham katta pul kerak
Hech kim demaydi-ku: "O‘ringga to‘lay".

Manov yuragimdan urgan qizchaning
Nozik ta‘bchasini ovlamoq qiyin.
Gul-u shkalad ham ancha pul turar
O‘nala cho‘ntakda qolmas bir tiyin.

Har doim - har doim bir xil kiyimda
Mana shu qizchangga ko‘ringing kelmas.
Student boshingga topgan pulingni
Bu oydan bu oyga yetkazib bo‘lmas.

Yigirma yoshingda  "Ota pul ber" deyish,
Talaba bo‘lsang ham nima farqi bor.
Aytdim-ku sevishga katta pul ketar
Pul yo‘qmi yigitcha sevib nima bor?!

Shunchalik darding ko'p talaba ukam,
Qurigan sahrodek cho‘ntagi sho‘ring.
Muhabbat qimmatdir toshdek shaharda
Nima bo'lar edi uch-to‘rtta she‘ring.

Student boshingga sevmoqlik qiyin
Hali qishloqqa ham qaytish yo‘l kira.
Axir sevishga ham katta pul kerak
Sen buni hech qachon unutma, jo‘ra.

●Sanjar Mashriqiy
@konservativ_tribunal