Get Mystery Box with random crypto!

​ Tezkor xotira hajmini virtual ko'tarish usullari, natijalar | © Kompyuter va Biz

​ Tezkor xotira hajmini virtual ko'tarish usullari, natijalari va oqibatlari

Ko'pchilikda grafika yoki o'yin vaqti tezkor xotira yetishmovchiligi uchrab turadi. Bu holatda kompyuter sekin ishlaydi yoki butunlay qotib qoladi. Hozirgi vaqtda ba'zi kompyuter foydalanuvchilari tezkor xotira hajmini virtual ko'tarishni tavsiya berishmoqda. Ho'sh, buni qanday amalga oshirish mumkin?
Siz hech "Файл подкачка" haqida eshitganmisiz? Bu "pagefile.sys" nomli yashirin tizimga tegishli fayl bo'lib, doimiy xotira (HDD yoki SSD)ning ma'lum bir alohida qismini tezkor xotira sifatida ishlatadi. Buni siz, tizim haqidagi ma'lumotdan ham bilib olishingiz mumkin. "Win+R" klavishlar kombinatsiyasini bosing va "msinfo32" deb yozib, Enterni bosing. Ochilgan oynaning "Сведенея о системе" bo'limida siz "Файл подкачка"ning umimiy hajmi va qaysi lokal diskda joylashgani (C yoki D...) haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Ko'pchilik aynan mana shu "Файл подкачка" hajmini oshirish tezkor xotira ishiga ham ta'sir qiladi deb o'ylashadi. Shu yerda "Файл подкача"ning asl vazifasini tushunib olaylik. U virtual xotira hisoblanadi. Ya'ni, siz kompyuterda bir vaqtda bir qancha dasturlarni ochdingiz masalan, brauzer, word va media player. Siz ayni damda brauzer bilan ishlayapsiz, qolgan dasturlar esa pastki panelda aktiv holatda turibdi. Siz, shu vaqtda brauzerdan bemalol word oynasiga o'tishingiz mumkin. Tezkor xotirada kompyuterda ayni vaqtda foydalanilayotgan dastur ma'lumotlari qayta ishlanadi. Qolgan aktiv holatdagi ammo, foydalanilmay turgan dasturlarga tegishli ma'lumotlar esa ayni "Файл подкачка"da saqlanadi. Keyinchalik, siz boshqa dastur oynasiga o'tganingizda ma'lumotlar avtomat "Файл подкачка"dan tezkor xotira ko'chiriladi. Unutmang, doimiy xotiraning ishlash tezligi juda past. Shu sabab ham u tezkor xotira bilan barobar ishlay olmaydi. Unda faqat vaqtinchalik ma'lumotlar saqlanib turadi va u tezkor xotiraga ish vaqti hech qanday tezlik bermaydi. Masalan, sizning kompyuteringizda tezkor xotira hajmi 2 Gb, virtual xotira hajmi esa 6 Gb. Ko'pchilik shu holatda endi mendagi tezkor xotira hajmi 8 Gb bo'ldi deb xato fikrlashadi va kompyuterda katta hajmdagi o'yinlarni o'ynashadi. Albatta keyinchalik ular bundan hech qanday foyda yo'qligini sezishadi.
Microsoft kompaniyasi ommaga ReadyBoost dasturini taqdim qilgach, flesh-xotira (флешка)ni tezkor xotiraga qo'shimcha sifatida ishlatuvchilar ko'payib ketdi. Sababi, ushbu dastur go'yoki flesh-xotirani tezkor xotiraga qo'shib berish qudratiga ega ekan. Aslidachi? Dastur flesh-xotirani "Файл подкачка" o'rnida ishlatadi. Tabiiyki flesh-xotira ishlash tezligi doimiy xotira (ayniqsa HDD)dan tez bo'lganligi uchun bu bir ko'rinishda kompyuter ishlash tezligida sezilgandek bo'ladi. Ammo, bu shunchaki aldov. Yuqorida aytilganidek, siz tezkor xotira kichik bo'lgan kompyuterda flesh-xotira evaziga hech qanday o'yin yoki grafikadan foydalana olmaysiz!

@KompyuterVa_Biz