Get Mystery Box with random crypto!

​​ Qaysi fayl tizimidan foydalangan yaxshi? Bundan oldingi | © Kompyuter va Biz

​​ Qaysi fayl tizimidan foydalangan yaxshi?

Bundan oldingi darsda siz fayl tizimi nima ekanligini bilib oldingiz. Endi ushbu fayl tizimlaridan qay birini qay vaqtda ishlatish zarurligini o'rganamiz. FAT32 fayl tizimi NTFS va exFATga qaraganda ancha tezkor hisoblanadi. Axborot almashinish shu fayl tizimida qolgan ikkisiga qaraganda tezroq amalga oshadi. Yana agar siz, flesh-xotira orqali televizor, tv-tyuner, DVD pleyer yoki boshqa media pleyerda kino ko'rmoqchi yoki qo'shiq eshitmoqchi bo'lsangiz ham ushbu tizim ayni muddao. Sababi, ko'plab bunday qurilmalar FAT32 fayl tizimi bilan ishlashga mo'ljallangan va boshqa fayl tizimlarini qo'llamaydi. Lekin shuni unutmangki, FAT32 4 Gbdan katta hajmli fayllar bilan ishlay olmaydi va axborot xavfsizligi ham u qadar ishonchli emas. Ya'ni, agar ish vaqti to'satdan elektr energiyasi o'chsa yoki flesh-xotirani USB portdan noto'g'ri sug'urib olsangiz, barcha ma'lumotlaringizdan butunlayga ayrilasiz.
Agar flesh-xotirada film tomosha qilmasangiz u holda uni NTFS fayl tizimiga o'tkazgan maqul. exFAT fayl tizimi esa asosan grafika bilan ishlovchilarga mo'ljallangan. Fotoapparat va fotokameralar ham aynan mana shu fayl tizimida ishlaydi.

P/s. kompyuterning doimiy xotirasida faqat NTFS fayl tizimi ishlatilinadi!

@KompyuterVa_Biz