Get Mystery Box with random crypto!

'Буфер обмен - Almashinuv buferi' nima ? Kompyuteringiz yok | © Kompyuter va Biz

"Буфер обмен - Almashinuv buferi" nima ?

Kompyuteringiz yoki boshqa xotiralardagi turli axborotlardan (matn, rasm, video, dasturlar va o'yinlar nima bo'lishidan qat'iy nazar) Ctrl+C yoki sichqonchaniтп chap tugmasini bosib, chiqqan ro'yxatdan "Копировать" qismini tanlash orqali nusxa olinganda, yoki ekranni "PrintScrten" qilinganda ushbu ma'lumotlar aynan qayerga borib tushadi va qanday saqlanadi. Siz, bu haqida hech o'ylab ko'rganmisiz ?
Gap shundaki, yuqoridagi barcha hodisalarda ma'lumotlar "Буфер обмен - Almashinuv buferi"ga borib tushadi va u yerda o'sha ma'lumot yangi boshqa bir axborot yozilgunicha, yo kompyuter o'chirilgunicha, yoki unga "Перезагрузка" berilgunicha saqlanadi. Ushbu vazifa tizimdagi "clip.exe" dasturi tomonidan amalga oshiriladi. bu dasturga olib boruvchi yo'l esa quyidagicha: C:/WINDOWS/system32/clip.exe.
Ko'pchilik "Буфер обмен"ga qanday kirsa bo'ladi deb savol berishadi. Afsuski buning iloji yo'q. Sababi, ushbu buferdagi barcha ma'lumotlar to'g'ridan to'g'ri doimiy xotirada emas tezkor xotirada saqlanadi. Ma'lumkin bunda bufer xotirasi ham shu tezkor xotira hajmidan kelib chiqib hisoblanadi. Ammo shu yerda bir ma'lumot, tezkor xotirada ma'lumotning aynan o'zi emas, u joylashgan manzil havolasi saqlanadi. Shu sabab ham Tezkor xotira sig'imi 2 Gb bo'lgan kompyuter buferiga bemalol 4Gb hajmli axborot yuklash mumkin. Bunda buferdagi axborot va u egallagan joy tezkor xotira ishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.

@KompyuterVa_Biz