Get Mystery Box with random crypto!

Ikki videokartali noutbuklar Hozirgi vaqtda ikki videokarta | © Kompyuter va Biz

Ikki videokartali noutbuklar

Hozirgi vaqtda ikki videokartali noutbuklar ham mavjud. Ho'sh, ularda haqiqatdan ham ikkita videokarta mavjudmi? Ishlash prinsipi qanday? Agar siz kanaldagi postlarni boshidan o'qib chiqqan bo'lsangiz, sizga ma'lumki ikki turdagi videokarta mavjud. Biri yo protsesssorda yadro ko'rinishida, yo ona platada chip ko'rinishida kelgan "Integrallashgan", ikkinchisi PCI Express slotiga ulanuvchi "Diskret" MXM videokartasi hisoblanadi. Mana shu ikki ko'rinishdagi videokarta ham bitta noutbukda mavjud bo'ladi. Kompyuterda ishlanayotgan grafika holatidan kelib chiqib, noutbuk avtomat tarzda ishni u videokartadan bu videokartaga yuklaydi.
Ko'p holatlarda bu, foydalanuvchilar orasida ikkila videokarta ham bir vaqtda ishlaydi va bu noutbuk ishlashiga ta'sir ko'rsatadi degan yolg'on tasavvur uyg'otadi. Aslida esa bir diskret videokartali va ikki videokartali noutbuklar ish samaradorliggi orasida deyarli farq mavjud emas. Kamchiligi, ikki videokartali noutbuklarda akkumlyatorli batareyadagi energiyaning tez sarflanishi va kuchli qizish oqibatida sovutish tizimiga tushgan ortiqcha bosim tufayli ortiqcha shovqin chiqarishi isbotlangan. Bu kabi noutbuklar yana oddiy noutbuklarga nisbatan qimmatroq ham bo'ladi.

@KompyuterVa_Biz