Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog K
Kanaldagi mavzular:
سایت
Typing
Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Kanaldagi mavzular:
سایت
Typing
Kanal manzili: @kompyuter_bilimlari
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.09K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!
Mundarija: @kompyuterbilimlariuz
Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok
Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596
Asoschi: @idevup

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-06-10 14:06:11 Dasturchilarning 3 darajasi! Junior, Middle, Senior

Dasturlash sohasida ham mutaxassislarni ma'lum darajada aniqlash maqsadida 3 ta toifa joriy etilgan. Bu me'zon dasturchilarning sohasi mobaynida to'plagan tajribasiga qarab belgilanadi!

Bugun e'tiboringizga dasturchilarning darajalari haqida qisqacha tushuncha berib o'tmoqchimiz.

Demak boshladik:

Junior dasturchi: Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi.

Middle dasturchi: Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi.

Senior dasturchi: Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi.

Dunyoda hech bir ilmning oxiri yo’q. Albatta, dasturlashda ham hatto senior darajasidan keyin ham o’rganiladigan narsalar juda ko’p. Shunday ekan izlanishdan aslo to'xtamang!

Berilgan ma'lumot sizlarga foydali bo'ldi degan umiddamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Birinchi raqamli Dasturlash Blog | #foydali / #manba
3.2K viewsedited  11:06
Ochish/sharhlash
2023-06-10 09:15:01
Qo'shninggizni Wi-FI parolini bilishni eng oson usuli, sigma))

Birinchi raqamli Windows Blog | #wifi / #lifehack
4.8K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-06-10 05:47:01 Windows'da Android ilovalarini ishga tushirish
#mohirlik / #android

Windows 11 va 10 da Android ilovalarini o'rnatishdan oldin, tizim talablarga javob berishiga ishonch hosil qilish kerak: Windows 11 uchun -> 22000.526 dan kam bo'lmagani; Windows 10 - kamida 20H1 10.0.19041.264.

Keyin, WIN + R tugmalarini bosib, "Компоненты Windows" ochish uchun "OptionalFeatures" ni bajariladi. "Платформа виртуальной машины", "Платформа низкоуровневой оболочки Windows" va "Подсистема Windows для Linux" yonidagi katakchalari belgilanadi. O'rnatish uchun OK tugmasini bosiladi.

Shundan so'ng, Windows 11 (GitHub) yoki Windows 10 uchun sborkani yuklab olib, arxivni ochiladi. Keyin PowerShell'ni ochib (Win+R ga powershell), quyidagi buyruq:

Set-ExecutionPolicy -Scope CurrentUser -ExecutionPolicy Bypass -Force;

Keyinchalik, arxiv bilan papkada Install.ps1 fayliga sichqonchani o'ng tugmasini bosib, "Выполнить с помощью PowerShell" variantini tanlanadi. O'rnatish tugashini kutiladi va shundan so'ng, "Пуск" da Google xizmatlari va boshqalar paydo bo'ladi.
Manba: @kompyuter_akademiyasi

Ushbu amaliyotning rasmlari quyida berilgan.

Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #lifehack
3.5K views02:47
Ochish/sharhlash
2023-06-09 19:35:37
VPN (Virtual Private Network) – bu virtual xususiy tarmoq bo'lib, shaxsingizni yashirish va bloklangan saytlarni ochishda yaxshi qurol vazifasini o’taydi.

VPN kuzatuv, xakerlik va tsenzuradan samarali himoya qiladi, shuningdek foydalanuvchiga Internetdagi maxfiylikni beradi.

Qaysidir bir VPN xizmatini sozlab, o'rnatib olganingizdan so'ng, gadjetingiz shu xizmatga aloqador VPN tarmoqlariga xavfsiz ulanadi.

Bloklangan birorta saytga yoki ijtimoiy tarmoqga kirmoqchi bo'lsak, bu uchun murojaatimiz VPN serveriga yuboriladi va bu server sayt yoki tarmoqqa bloklanmagan manzildan olib sizga jo'natadi.

Shu yo'l bilan xuddi to'g'ridan-to'g'ri ulanayotgandek bo'lasiz, lekin aslida siz VPN orqali boshqa bir yashirin manzil va ma'lumotlar bilan saytni ochayotgan bo'lasiz.

P.S: VPNni iloji boricha yaxshi maqsadlarda ishlatishga harakat qiling!

— ha aytgancha siz qanday VPN dan foydalanasiz?

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

Birinchi raqamli windows blog | #internet
3.5K views16:35
Ochish/sharhlash
2023-06-06 09:24:32
Apple davom etadi

Apple yangi VR gadjetini taqdim qildi va u Vision Pro deb ataladi. Vision Pro orqali o'yin o'ynashingiz, film tomosha qilishingiz, Facetime-da suhbat qilishingiz, ilovalarda 4K sifat bilan ishlashingiz mumkin.

Amerikadagi qiymati 3499$, bizga yetib kelgan yoki kelmaganligi noma'lum...

Yoqdi | Yoqmadi

Birinchi raqamli Windows Blog | #apple / #news
1.1K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2023-06-06 05:28:47
Apple yangi Mac Air 15 dyumli noutbukni namoyish etdi

Ushbu Apple maxsuloti M2 protsessori bilan jixozlangan bo'lib Intel protsessorlariga qaraganda 12 baravar tez ishlashi aytilmoqda va 18 soat zaryad olmasdan ishlashga qodir))

Mac Air 15 kelasi hafta 1299$ sotilishi kutilmoqda...

Birinchi raqamli Windows Blog | #apple / #news
2.1K views02:28
Ochish/sharhlash
2023-06-05 19:10:55
Crack dasturlarni qayerdan yuklaysiz

Kompyuteringiz uchun barcha pro dasturlarning bepul cracked versiyalarini yuklab olishingiz mumkin bo'lgan sayt.

LINK: igetintopc.com
Manba: @newlink_uz

Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #sayt
2.8K views16:10
Ochish/sharhlash
2023-06-05 16:48:28
Telegram tezkor klaviatura kombinatsiyalari

Kompyuterda ham Telegramdan foydalanar ekanmiz quyidagi klaviatura kombinatsiyalarini bilib qo'yganimiz yaxshi:

CTRL + F — chatdan qidirish;

CTRL + M — minimallashtirish;

CTRL + W — yopish;

CTRL + Q — butunlay yopish;

CTRL + L — qulflash (agar parol qo'ygan bo'lsangiz);

@BigMasterUz_bot – universal ustoz!

Birinchi raqamli windows blog | #hotkeys #telegram
2.9K views13:48
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:56:42
Windows 12 qanday bo'ladi?

Dizayner Kaan Avdan Windows 12 uchun o‘z dizayn loyihasini ko‘rsatdi. Uning ko‘rinishi barcha davrlardagi eng katta vizual tizim yangilanishi bo‘ladi.

Yana bir xususiyat - vazifalar paneli mutlaqo o'zgacha bo'ladi, masalan, musiqani almashtirishingiz va ob-havo ma'lumotlarini joylashtirishinggiz mumkin.

Videoda keltirilgan barcha dizayn Kaan Avdan tomonidan loyihalashtirilgan.

P/s:O'z fikringgizni izohlarda yozib qoldiring!

Windows 12 qachon chiqadi..

Birinchi raqamli windows blog | #windows12 #news
3.0K views05:56
Ochish/sharhlash
2023-06-05 05:28:01
Statistik ma'lumotlarga qaraganda kanalimiz obunachilari orasidagi negativlar soni 0% teng ekan

P/s: Barchaga katta raxmat,reaksiyalarni bosib tashlang!

Birinchi raqamli windows blog | #kayfiyat
3.0K views02:28
Ochish/sharhlash