Get Mystery Box with random crypto!

Noutbuk brendi qanchalik muhim? Yangi noutbuk sotib olishda | Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Noutbuk brendi qanchalik muhim?

Yangi noutbuk sotib olishda ko'pchilikni shu savol o'ylantiradi: "Qaysi brenddagi noutbuk yaxshi?"

Hammasi zo'r. Lenovo, HP, Dell, Asus, Acer barchasi sifatli noutbuk ishlab chiqaradi. Balki ularning qaysi biriningdir dizayni sizga yoqmasligi mumkin, lekin noutbuk yaxshi.

Notebook olayotganda brendga e'tibor bermang. Noutbuk xususiyatlari muhimroq. Noutbuk qancha kuchli bo'lsa uning narxi ham shuncha "kuchli" bo'ladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, quyida notebook ishlab chiqaruvchilarining qaysi biri yetakchilik qilayotganligini ko'rishingiz mumkin:

Lenovo — yiliga 62.97 mln noutbuk ishlab chiqaradi.
HP — 57.92mln
Dell — 43.96 mln
Apple — 18.35 mln
Acer — 14.76 mln
Asus — 14.48 mln

Shuningdek, Microsoft ham o'zining Surface nomli noutbuklarini ishlab chiqaradi. Apple'niki o'zingiz bilasiz.

Menda ASUS. Sizdachi?

Birinchi raqamli windows blog | #foydali