Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog K
Kanaldagi mavzular:
سایت
Typing
Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Kanaldagi mavzular:
سایت
Typing
Kanal manzili: @kompyuter_bilimlari
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.09K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!
Mundarija: @kompyuterbilimlariuz
Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok
Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596
Asoschi: @idevup

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-13 09:26:59
Rasmlarni matnga o'zgartirish

text-image.com sayti sizga rasmlaringizni matn ko'rinishiga keltirishga yordam beradi.

Saytga kiring, convert bo'limiga o'ting, o'zingizga yoqqan formatni (HTML, ASCII, Matrix) tanlang, rasmingizni yuklang, sozlamalarni to'g'rilang va "Convert!" tugmasini bosing.

Natijani -skrinshot- qilib olishingiz yoki kodidan nusxa olib ishlatishingiz mumkin.

Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
1.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:37:01
Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish

Avval aytganimizdek, Microsoft Defender Windows operatsion tizimi bilan birga o'rnatilgan ichki himoya dasturidir.

Microsoft Defender-ga 1- va 2-rasmdagidek Settings > Update & Security > Windows Security va Open Windows Security tugmasini bosish orqali dasturga kiriladi (yoki pastki o'ng burchakdan Windows ikonkasini bosib kirishingiz mumkin).

Agar sizda 3-rasmdagi kabi barcha belgilar yashil bo'lsa, demak, havotirga o'rin yo'q, kompyuteringiz Microsoft Defender tomonidan qo'riqlanmoqda.

Aks holda, biron-bir bo'limda qizil belgisi bo'lsa, demak, o'sha qism ishlamayapti (4-rasm). Ishlatish uchun Turn on tugmasini bosish kifoya.

Agar kompyuteringizni virus uchun tekshirmoqchi bo'lsangiz, Virus & threat protection bo'limiga o'ting va Quick scan tugmasini bosing. Qisqa vaqt ichida kompyuteringiz tekshiriladi va natijalar ko'rsatiladi.

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #virus
2.1K views02:37
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:47:30 Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

 Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

• whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

• whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

• whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

• whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

• iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.

• fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi. KA Rasmiy

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2.3K views14:47
Ochish/sharhlash
2023-05-12 13:50:28
Windows foydalanuvchilariga soxta OS yangilanishlari tarqatildi

Tarmoqda ko'plab soxta Windows yangilanishlari topildi, ular orqali hakerlar viruslarni tarqatishdi. Bu haqda BleepingComputer xabar bermoqda.

Muammoni Malwarebytes mutaxassislari aniqladi, hakerlar turli veb-saytlarda operatsion tizimni (OS) bepul yangilashga chaqiruvchi qalqib chiquvchi reklamalarni joylashtirishgan.
@ITMastersUz

Birinchi raqamli Windows Blog | #windows / #fake
2.5K views10:50
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:46:12 RAM Saver Professional

Operativ xotirani monitoring qilish va tozalashda ishlatiladigan dastur.

Versiya: 22.0
OS: Windows |7|8|1011
Razryadi: x86|x64
Tili: rus, ingliz
Aktivatsiya: talab qilmaydi
@UltraSoft_uz

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #dastur
2.7K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:54:01
Favicon nima?

Favicon-lar - bu URL, link, veb-sayt yoki veb-sahifa piktogrammalaridir. Biror-bir saytga kiradigan bo'lsangiz, yuqoridagi tab-da o'sha saytning nomi va piktogrammasi bo'ladi (1-rasm).

Favicon-larni veb-dasturchilar saytga bog'laydilar va shundan so'ng brauzerlarda sayt piktogrammalari ko'rinadi.

Ilk favicon-lar 1999-yili Microsoft-ning Internet Explorer-ida qo'llanila boshlagan.

Agar sizga biror-bir sayt favicon-i kerak bo'lsa, uni quyidagicha olish mumkin:

Istalgan bir saytga kiring. Masalan: www.google.com

Sayt manziliga /favicon.ico so'zini qo'shing va Enter tugmasini bosing (https://www.google.com/favicon.ico)

So'ng chiqqan suratni saqlab oling.

Birinchi raqamli Windows Blog | #nima / #atama
3.0K views02:54
Ochish/sharhlash
2023-05-11 17:51:28
Evolutsiya

Kompyuterning hayotimizni qanday o'zgartirgani haqida ajoyib video!

Birinchi raqamli Windows Blog | #kompyuter / #qiziq
4.0K views14:51
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:38:18 Google Ultron - Adobe Reader tomonidan yaratilgan, NASA foydalanadigan brauzer

Nol-gravitatsiyada ham bexato ishlaydigan brauzer. Shuning uchun NASA uni kosmosda ishlatadi.

Bypass yordamida to'liq yangi inkognito rejimi. Barcha saytlar chetlab o'tiladi. Hech qanday qidiruv tarixlari bo'lmaydi.

Kompyuter uchun RAM (operativ xotira) yuklab olish imkoniyati

Endi form-lar to'ldirishga hojat yo'q. Ultron siz haqingizda barcha narsani biladi chunki u kompyuteringizga buzib kirib hamma ma'lumotlaringizni olib bo'lgan.

Ultron brauzerida pushti ko'rinishdan foydalansangiz, u 25 % tezroq ishlaydi.

Agar Ultron virus bilan zararlansa u o'zini-o'zi o'chirib tashlaydi va Internet Explorer-ni sizni standart brauzeringiz qilib qo'yadi.

"Prikolna da?"

Google Ultron (ultronbrowser.io) - bu Google Chrome brauzerining hayoliy, sirli, o'ta kuchli versiyasi bo'lib, DownloadMoreRAM.com tomonidan yaratilgan. Agar ultronbrowser.io saytiga kirib Ultron brauzerini yuklab olmoqchi bo'lsangiz, sayt sizni Google Chrome-ning rasmiy saytiga yo'naltiradi.

Albatta Google Ultron hazil va o'ylab topilgan brauzer bo'lib, siz uni kompyuteringizga o'rnata olmaysiz.

Ha aytgancha, DownloadMoreRAM.com sayti ham hazil sayti, chunki siz operativ xotirani shunchaki internetdan yuklab ololmaysiz.

Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #nasa
3.4K views06:38
Ochish/sharhlash
2023-05-11 05:26:01
Neyron tarmoqlar jamlanmasi
#manba / #AI / #neyrotarmoq

Ushbu jadvalchalar yordamida siz turli xil vazifalar uchun eng mashhur neyron tarmoqlarni topishingiz mumkin.

Kompyuter Akademiyasi

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #tarmoq
3.5K views02:26
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:07:01
1996 yildan 2022 yilgacha eng mashhur veb-brauzerlar

Aniqlangan oxirgi statistikaga ko'ra:
1. Google Chrome – 67,60%
2. Microsoft Edge – 11,46%
3. Safari – 10,89%
4. FireFox – 7,75%
5. Opera – 1,18%
6. Internet Explorer 1,17%

Birinchi raqamli Windows Blog | #statsitika / #brauzer
3.2K views13:07
Ochish/sharhlash