Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog K
Kanaldagi mavzular:
News
Microsoft
Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Kanaldagi mavzular:
News
Microsoft
Kanal manzili: @kompyuter_bilimlari
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.76K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!
Mundarija: @kompyuterbilimlariuz
Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok
Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596
Asoschi: @idevup

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-27 10:42:04 BIOS va UEFI nima?
#atama / #info

BIOS — (basic input/output system yoki asosiy kirish / chiqish tizimi) — (energiya talab qilmaydigan) ona plataga o’rnatilgan dastur.

Uning funksiyalari:
• Operatsion tizimni yuklash;
• Qurilmalarni izlash va diagnostika qilish;
• Qurilmani sozlash uchun interfeysni taqdim etish.

Eng ko’p bajaradigan sozlamalari:
• Kuler aylanish tezligi;
• Ona plata uchun ishchi chastotani belgilash;
• Qo'shimcha qurilmalarni yoqish / o'chirish;
• Yuklanish ketma-ketligi (qaysi qurilmalardan boshlab kompyuterni yuklanishi).

Ko’pincha BIOS’ga kirish uchun kompyuter yonish paytida F2 tugmasi bosiladi. Bu esa kompyuter disk yoki fleshkadan yuklanishini tanlash uchun kerak bo’ladi. BIOS’da qurilmalarni aniqlash imkoniyati ta'minlaganligi sababli, kamdan-kam hollarda, yangi qurilma BIOS’ning eski versiyasi bilan ishlamasligi mumkin. Bunday holda, BIOS’ni yangilash kerak.
Yangi kompyuter va noutbuklarda yangi versiya — UEFI o’rnatilgan.

——————————————————————————
UEFI nima?

UEFI — (Unified Extensible Firmware Interface yoki birlashtirilib kengaytiriladigan dasturiy ta'minot interfeysi) — ona plataga o’rnatilgan mikrodastur. BIOS’ni o’rnini bosish uchun yaratilgan. BIOS’ga o'xshab, u qurilmani past darajada boshqaradi va kompyuterni dastlabki sozlashini ishga tushiradi.

Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:
• O’rnatilgan yuklash menejeri.
• Sozlamalar uchun shaxsiy grafik interfeys.
• Operatsion tizimni GPT-disklardan yuklash imkoniyati.
• NVRAM ishlamay qolgandan keyin xatoliklarni saqlash (agar iloji bo'lsa, OS tomonidan).

UEFI kompyuterni USB fleshkadan yuklashga yoki Windows (7 va undan pastda) va Linuxning oldingi versiyalarini o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Bunday holda, uni o'chirib qo'yish mumkin. Buning uchun UEFI’da Legacy’ga o’tkazish yoki Secure Boot’ni o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.

Mikrodasturni turi (BIOS yoki UEFI) ni aniqlash uchun sozlamalarga kirish yetarli bo’ladi. Agar sichqoncha yordamida sozlash qobiliyatiga ega grafik interfeys bo'lsa, bu UEFI’dan foydalanishni anglatadi. dmosk.ru

Ushbu mavzuni to'liq yoritgan videodars: Windows o‘rnatishda uchraydigan atamalar (BIOS, BOOT Menu, UEFI, MBR, GPT va b) bilan tanishamiz!

BOOT Menu va BIOS/UEFI'ga kirish tugmalari
KA Rasmiy

Birinchi raqamli Windows Blog | #bios / #foydali
2.0K views07:42
Ochish/sharhlash
2023-04-27 05:42:01
WIFI vs LIFI

Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #wifi
2.7K views02:42
Ochish/sharhlash
2023-04-26 14:21:01
Microsoftʻning Edge brauzeri siz har bir tashrif buyurgan saytni uchinchi tomonga joʻnatyapti

Bu brauzerning xatoligi boʻlib, uni siz hoziroq oʻchirib qoʻyishingiz mumkin.

Batafsil: https://www.terabayt.uz/?p=68530

Birinchi raqamli Windows Blog | #news / #edge
3.4K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-04-26 09:48:38
Agar mana shu odam gapirishni bilganida juda ko'pchiligimiz uyalib qolgan bo'lar edik)

#tushungan_tushindi

Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
3.6K views06:48
Ochish/sharhlash
2023-04-26 05:43:02
Endi kompyuterni 4,4 kg mis bilan passiv sovutish mumkin.

Jim ismli Reddit foydalanuvchisi o'zining Ryzen 9 7950X protsessorini sovutish uchun original yechim topdi.

Ishqiboz Streacom DB4 korpusi asosidagi o'z tizimida passiv sovutish tizimini hosil qilish uchun har biri $100 dan turadigan 1 kg og'irlikdagi mis plitalardan foydalangan. Foydalanuvchining tizim bloki MSI MPG B650I Edge WiFi va 64 GB DDR5 operativ xotiraga ega 16 yadroli AMD Ryzen 9 7950X protsessoridan iborat.

Natija: Ikki soatlik intensiv protsessor ishlaganidan so‘ng harorat chiplardan birida 95 darajaga, ikkinchisida esa 90 darajaga yetdi. Materinkaning harorati taxminan 77 darajani tashkil etdi va korpusning yon panellari harorati 50 dan 60 darajagacha o'zgarib turardi.

Xo'sh, sovutish tizimi ish berganmi shunda?

#kompyuter | Birinchi raqamli IT-Blog
3.3K views02:43
Ochish/sharhlash
2023-04-25 18:24:12
Windows 11 foydalanuvchi qachon kompyuterda bo'lganda aniqlashni o'rganadi!
#news

Windows 11 ning so'nggi sinov versiyasida yangi xususiyatni topishdi: mavjudlik sensorlariga kirish imkoniyati. Bu ilovalarga foydalanuvchi shaxsiy kompyuter yonida yoki yo'qligi haqida ma'lumot olish imkonini beradi.

Ushbu yondashuvning asosiy afzalliklaridan biri ma'lumotlar xavfsizligi va maxfiyligini oshirishdir. Bu quvvat sarfiga ham ta'sir qiladi: seans sozlamalarda ko'rsatilgan vaqtdan keyin emas, balki darhol bloklanadi.

Qayd etilishicha, funksiya to‘liq mahalliy darajada amalga oshiriladi: Microsoft mavjud bo‘lish sensorlaridan foydalanish bilan bog‘liq hech qanday tasvir yoki metama’lumotlarni yig‘maydi yoki saqlamaydi. @kompyuter_akademiyasi

Siz bunga ishonasizmi?

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #windows11
3.4K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2023-04-25 09:56:38
Kompyuter sekin ishlashiga nimalar sabab bo'ladi?

Kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilmaslik. Hech bo'lmasa har ikki kunda bir marta kompyuterni Restart (Перезагрузка) qilib turing.

Bir vaqtning o'zida bir nechta dasturlarning ishlab turishi. Kompyuterda bir vaqtda faqat maksimal 2-3 programmalardan foydalaning. Ortiqcha va keraksiz dasturlarni kompyuterdan o'chirib tashlang va Startup (Автозагрузка) programmalarni ham o'chirib qo'ying.

Hech bo'lmaganda Microsoft Defender yoki Malwarebytes antiviruslaridan foydalaning.

Disk Cleanup yordamida kompyuterni ortiqcha fayllardan tozalab turing.

Windows'ni va kompyuteringizdagi dasturlarni doimiy yangilab turing, chunki yangilash ulardagi kamchiliklarni bartaraf qiladi.

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #manba
3.5K views06:56
Ochish/sharhlash
2023-04-25 05:44:01
Ko'z nuringizni saqlash faqat o'zingizga kerak!

Smartfonlar va kompyuterlarning displeylaridan ko'zlar charchaydi. Kompyuter monitori oldida ishlayotganda ko'z mashqlari 2-3 daqiqalik vizual gimnastika ko'z mushaklarini sozlaydi.

Blimb.su - bu ko'zlar uchun eng yaxshi mashqlarni o'zida mujassam etgan va ko'z gimnastikani yoqimli tarzda bajarish imkonini beruvchi xizmatdir. Kompyuterga qarab mashqlarni bajarish shart emas. Dasturni o'rganganingizdan so'ng, gimnastikani o'zingiz qilishingiz mumkin. Masalan, derazadan tashqariga qarash.

Atigi 3 daqiqa 25 soniya davom etadigan bu jarayon bilan ko'zlaringizni asrang!

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #salomatlik
4.2K views02:44
Ochish/sharhlash
2023-04-24 10:36:20
Va nihoyat bu uyni topishibdi)

Shu joyda xizmat qilganlar bormi?

Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
3.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-04-24 05:36:01
So'ragan edinggiz,mana marhamat!

Ko'pchilik kompyuter yoki noutbook sotib olishda arzon va sifatli dokonlar qidiradi,bizdan sizga tavsiya:
@xolis_price
@comping_uz
@nout_uz
@upguz
@technochain_uz
@notebookoff_uz

Barchaga tavsiya, sifati va hamyonbop aksessuarlar kerakmi — @zarinlightOk

P/s: Bu shunchaki tavsiya,siz ya'na qanday do'konlarni bilasiz?

Noutbook brendi qanchalik muhim..

Birinchi raqamli windows blog | #foydali
2.9K views02:36
Ochish/sharhlash