Get Mystery Box with random crypto!

​F1 - F12 tugmalari vazifalari #info / #hotkeys 12 tugmacha | KOMPYUTER AKADEMIYASI

F1 - F12 tugmalari vazifalari
#info / #hotkeys

12 tugmachaning har biri Windows tizimlari va ba'zi
dasturlar uchun alohida ahamiyatga ega. F1 - F12 tugmachalari
aslida tizim funktsiyalariga kirishni tezlashtiradigan "tezkor
tugmalar" dir.

F1 Ko'pgina dasturlarning faol oynasida yordam chaqirish (Вызов справкa).

F2 Nomni tahrirlash (Переименовать) funksiyasi tanlangan ob'ektga qo'llaniladi. Kompyuterni ishga tushirishda BIOS sozlamalarini kiritish
(barcha BIOS versiyalari uchun emas).

F3 Ko'pgina dasturlarda izlash oynasini ochadi. Word'da Shift+F3 tanlangan matnning holatini o'zgartiradi (kattaytirish yoki kichiklashtirish).

F4 Alt+F4 kombinatsiyasi faol oynani yopadi. Ko'pgina
brauzerlarda Ctrl+F4 joriy yorliq (vkladka)ni yopadi.

F5 Barcha brauzerlarda sahifani yangilash. Word'da so'zda topish va
o'zgartirish
. Bloknotda joriy sana va vaqtni joylashtirish. PowerPoint slayd-shousini boshlash.

F6 Kursorni brauzerning manzil satriga o'tkazish.

F7 Word'da imlo tekshiruvi.

F8 Bu operatsion tizimni yuklash rejimini (xavfsiz rejim, buyruq satrini qo'llab-quvvatlash va hk) tanlashga imkon beradigan Windows yuklash menyusi (загрузочное меню Windows) ga kirish uchun ishlatiladi.

F9 Outlook dasturida barcha pochta qutilaridan elektron pochta xabarlarini yuborish va qabul qilish jarayonini boshlaydi.

F10 Shift+F10 sichqonchani o'ng tugmachani bosish kabi ishlaydi.

F11 Brauzerda to'liq ekran ko'rinishini kirish va chiqish.

F12 Word oynasida saqlash. Shift+F12 tugmachalari Word'da saqlash oynasi (Сохранить как) ni ochadi. Ko'pgina brauzerlarda disk raskadrovka rejimi (режим отладки) ni ochadi.

Комп для чайника

Mavzuga oid postlar:
• Tugmachalar kombinatsiyasi

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh