Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuterga o'rnatilgan dastur va drayverlar versiyalarini naz | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Kompyuterga o'rnatilgan dastur va drayverlar versiyalarini nazorat qilish
#info

Dastur va drayverlarning oxirgi versiyalarini ishlatish, ularning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ba'zilar bor, dasturlarni yangi versiyasi chiqishi bilan o'rnatib oladi va yangi imkoniyatlar bilan tanishadi, ba'zilar bor dasturni bir marotaba o'rnatadi bo'ldi, yangi versiyalar va imkoniyatlar bilan qiziqmaydi, albatta siz birinchisi bo'ling, agar kompyuteringiz yangi versiyalarni ko'tarsa.

Kompyuterdagi har bir dastur yoki drayver versiyalarini kuzatib borish oson ish emas, ham vaqt oladi, ham ko'pchilik erinadi. Shunday ekan bu vazifalarni tashqi dasturlarga topshirish lozim, demak kichik bepul utilitalar bilan tanishamiz:

1. SUMo(Software Update Monitor) - kichik utilita bo'lib, kompyuterga o'rnatilgan barcha dasturlar versiyalarini tahlil qilib chiqadi va sizga o'rnatilgan, hamda oxirgi versiya haqida axborot beradi. Bitta utilita barcha dasturlar versiyalarini nazorat qiladi.

2. DUMo(Driver Update Monitor) - kompyuterga o'rnatilgan barcha drayver versiyalarini tahlil qilib beradi, ya'ni siz o'rnatgan drayver versiyasi va shu drayverning oxirgi versiya haqida axborot beradi.

Bu ma'lumotlarni bilgandan so'ng, siz kerakli dasturning oxirgi versiyasini topib, yangilab olishingiz mumkin.

Bu utilitalar bepul bo'lib, versiyalar haqida axborot beradi, undan tashqari utilitalarni pullik varianti ham bor, pullik varianti sizga qo'shimcha imkoniyatlar ochib beradi, misol uchun drayver yoki dasturlarni utilitadan turib yangilash imkoni.

Albatta, utilitlar oxirgi versiyalarni aniqlash uchun, kompyuterda internet bo'lishi lozim. Internet bo'lmasa, xatolik beradi. Utilitalar, Windows 10 tizimida tekshirib ko'rildi va muammosiz ishladi.

@planetait

Dasturlarni yuklab olish: SUMo | DUMo

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh