Get Mystery Box with random crypto!

Kitob – Ilm manbai 📖📚

Telegram kanalining logotibi kitobshunoslik — Kitob – Ilm manbai 📖📚 K
Telegram kanalining logotibi kitobshunoslik — Kitob – Ilm manbai 📖📚
Kanal manzili: @kitobshunoslik
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.00K
Kanalning ta’rifi

Kitobga intilsa har bir talaba
«Kitobshunoslik» uchun shudir – gʻalaba!
Sizga taqdim etib boradigan kontentlar:
Kitoblardan iqtiboslar;
Elektron kitoblar;
Ilmga oid videolar;
Shaxsiy fikrlarim
Murojaat uchun: @Sirojbek_Maqsud
Hamkor: @Kopirayterishlari

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-24 09:06:08
Kompaniyangiz uchun oʻziga xos logotiplar

Tadbirkorlar oʻz bizneslarini koʻproq inson bilishini va taniqli boʻlishini xohlashadi. Buning uchun koʻplab vositalar bor. Biznes brendini tanitishdagi eng muhim vosita bu – logotiplar hisoblanadi.

Logotip – mahsulot, brend va kompaniya yuzi boʻlgani uchun uni taniymiz va eslab qolamiz. Shuning uchun koʻpchilik ajralib turadigan sifatli logotip egasi boʻlishni xohlaydi.

Biz sizga chiroyli va oʻziga xos logotiplar tayyorlab beramiz. Logotiplar shunchaki internetdan koʻchirilmaydi. Biz yangi gʻoyalar asosida chizib, logotiplar yasab beramiz. Kompaniyangiz uchun logotiplar yasashni oʻz ishining professionallariga topshiring.

Murojaat uchun:
@anvar_zakirovich
+998916404434
246 views06:06
Ochish/sharhlash
2023-02-24 08:00:58 --------- 35-Javob ---------

            Ayollar

Toʻgʻri javob yoʻllagan bilimdonimiz:

1) Dilbar Abdiraimova

Ilmingiz bundanda ziyoda boʻlsin!
224 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-02-24 07:01:27 -------- 35-Savol --------

Soʻnggi statistikalarga ko'ra, Avstriyada haydovchilikka ularning yollanishiga sabab, ularning psixologiyasi barqarorligi, qonunga itoatkorligi, sabrli ekanligi va stressga toqatliroq ekanligi koʻrsatilgan.

Diqqat savol: Ularning ayting.

Stop: 10:00
Javob uchun: @Sirojbek_Maqsud

Javob yuborish tartibi:
1. Javob bergan ishtirokchining ism-familiyasi
2. Savol raqami
3. Savolga javob
228 views04:01
Ochish/sharhlash
2023-02-24 06:03:26
#Juma_Muborak

Hamisha sajdaga egilib boshlar,

Allohdan tilangiz orzu va tilak,

Shunday ulug' kunda duoda bo'ling,

Taqvodor dindoshim Juma Muborak!

JUMA MUBORAK!

@Kitobshunoslik – Ilmga oshno qalblar uchun!
229 views03:03
Ochish/sharhlash
2023-02-23 11:31:20 Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (2-qism)

6. O‘qish sizni zukkolikka yetaklaydi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.

7. O‘qish miya faoliyatini mustahkamlaydi. Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘ladi va kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlaydi.

8. O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

9. O‘qish stressni kamaytiradi. Inson kitob mutolaa qilar ekan, o‘sha paytda uni hech qanday topshiriq yoki xavotir o‘ylantirmas ekan. Kitob mutolaa qilganda tanamiz umuman birorta maxsus harakatni amalga oshirmaydi va dam oladi. Nafas olish sekinlashadi va tinchlanamiz.

10. O‘qish bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz.

Post yoqqan boʻlsa, fikrlar va reaksiyalaringizni kutaman.

@Kitobshunoslik – Ilmga oshno qalblar uchun!
247 views08:31
Ochish/sharhlash
2023-02-23 08:00:48
--------- 34-Javob ---------

            Vulqon
Izoh: Asar syujetiga koʻra begemot vulqon ustiga oʻtirib uygʻonishini kutadi. Xayriyatki, vulqon uygʻonmaydi. Kichkina shaxzodada esa bir nechta vulqonlar bo'lgan.

Toʻgʻri javob yoʻllagan bilimdonimiz:

1) Orifjon Rahmonov

Ilmingiz bundanda ziyoda boʻlsin!
246 views05:00
Ochish/sharhlash
2023-02-23 07:01:03 -------- 34-Savol --------

Bir asarda begemot parvoz qilish uchun Uning ustiga oʻtirib, uygʻonishini kutadi va xayriyatki, U uygʻonmaydi. Kichkina shaxzodada undan bir nechta boʻlsa ham, parvoz qilishda qushlardan foydalangan.

Diqqat savol: Uni aniq ayting.

Stop: 10:00
Javob uchun: @Sirojbek_Maqsud

Javob yuborish tartibi:
1. Javob bergan ishtirokchining ism-familiyasi
2. Savol raqami
3. Savolga javob
238 views04:01
Ochish/sharhlash
2023-02-22 13:01:24 Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (1-qism)

1. O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.

2. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plashi ancha oson kechadi.

3. O‘qish tasavvurni kengaytiradi.
Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi.

4. O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

5. Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak. Bola ota-ona orqali kitob oʻqishga va unga muhabbat qoʻyishga oʻrganadi. Shunday ekan, yotib olib televizor koʻrmasdan, kitob ham oʻqib turing.

Post yoqqan boʻlsa, reaksiya qoldirishni unutmang. 2-qismi siz uchun qiziqmi?

@Kitobshunoslik – Ilmga oshno qalblar uchun!
281 views10:01
Ochish/sharhlash
2023-02-22 08:01:44 --------- 33-Javob ---------

           Sunʼiy tish
Qabul: Protez tish

Toʻgʻri javob yoʻllagan bilimdonimiz:

1) Aziza Sayfiyeva

Ilmingiz bundanda ziyoda boʻlsin!
247 views05:01
Ochish/sharhlash