Get Mystery Box with random crypto!

Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (1-qism) | Kitob – Ilm manbai 📖📚

Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (1-qism)

1. O‘qish yangi va noyob fikrlar tug‘ilishiga yordam beradi. Inson o‘qish orqali yangi fikrlar va yorqin g‘oyalar oladi. Inson o‘zi bilmagan holda ilhomlanib o‘qishi, yangi va o‘zgacha fikrlar yuzaga kelishiga turtki beradi.

2. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plashi ancha oson kechadi.

3. O‘qish tasavvurni kengaytiradi.
Biz o‘zimizga notanish bo‘lgan joylar haqida o‘qiganimizda, idrokimiz tasavvurlarimiz ishga tushib tasvirlarni miyamizda yarata boshlaydi va shu orqali xotiramizda tasvirlar saqlanib boradi.

4. O‘qish chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi. Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

5. Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o‘z farzandini kitob mutolaasiga o‘rgatar ekan, avvalo o‘zi ham bu ishda o‘rnak bo‘lishi kerak. Bola ota-ona orqali kitob oʻqishga va unga muhabbat qoʻyishga oʻrganadi. Shunday ekan, yotib olib televizor koʻrmasdan, kitob ham oʻqib turing.

Post yoqqan boʻlsa, reaksiya qoldirishni unutmang. 2-qismi siz uchun qiziqmi?

@Kitobshunoslik – Ilmga oshno qalblar uchun!