Get Mystery Box with random crypto!

Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (2-qism) | Kitob – Ilm manbai 📖📚

Kitob oʻqishning biz bilgan va bilmagan 10 ta foydasi (2-qism)

6. O‘qish sizni zukkolikka yetaklaydi. Qanchalik ko‘p kitob o‘qigani sari insonning zukkoligi va teran fikrlash qobiliyati shunchalik oshib boradi. Shu bilan birga, inson turli mavzularda qanchalik ko‘p kitob o‘qisa, o‘z bilimini oshirishi bilan bir qatorda, o‘zaro muloqot qilish san’atini ham yaxshi egallaydi.

7. O‘qish miya faoliyatini mustahkamlaydi. Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘ladi va kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlaydi.

8. O‘qish til mahoratimizni yaxshilaydi. Kitob o‘qish nafaqat so‘z boyligini, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. Qaysi tilda o‘qishdan qat’iy nazar, mutolaa orqali gapning konteksti qay tarzda yasalishini o‘rganish mumkin bo‘ladi.

9. O‘qish stressni kamaytiradi. Inson kitob mutolaa qilar ekan, o‘sha paytda uni hech qanday topshiriq yoki xavotir o‘ylantirmas ekan. Kitob mutolaa qilganda tanamiz umuman birorta maxsus harakatni amalga oshirmaydi va dam oladi. Nafas olish sekinlashadi va tinchlanamiz.

10. O‘qish bizning so‘z boyligimizni oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlarga qaraganda, kitob mutolaasi bilan shug‘ullanuvchilarning so‘z boyligi boshqa insonlarga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan. Qisqa qilib aytganda, qancha ko‘p o‘qisangiz shuncha ko‘p so‘z boyligiga ega bo‘lasiz.

Post yoqqan boʻlsa, fikrlar va reaksiyalaringizni kutaman.

@Kitobshunoslik – Ilmga oshno qalblar uchun!