Get Mystery Box with random crypto!

Kitoblarga oshiq link:)

Telegram kanalining logotibi kitoblarga_oshiq — Kitoblarga oshiq link:) K
Telegram kanalining logotibi kitoblarga_oshiq — Kitoblarga oshiq link:)
Kanal manzili: @kitoblarga_oshiq
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Manba bilan olinsin!
Faqat kitoblar haqidagi sahifa •🕯️📚•
Faqat oʻqilganlar: @kitobga_mubtalo
Itʼs me: @kitoblarga_oshiqbot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

3

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 08:32:27 Ilmning ulug’lanishiga yuz tutadigan amallardan yana biri - yozuvini ozoda, ko’rkam va husni xat bilan yozishi sanaladi. Bundan maqsad, yozgan yozuvlaridan kelajakda o’zi ham, boshqalar ham o’qib foydalanishlarini ta’minlaydi.

Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hazratlari mayda harf bilan yozayotgan bir kotibni ko’rib, nasihat qilgan ekanlar:
- Ey kotib! Mayda xat bilan yozma! O’zinggina biladigan qisqartmalarni kiritma! Agar uzoq yashab, o’z xatingni qo’lingga olsang, nadomat chekasan! Agar vafot etsang, sendan norozi bo’ladilar, qarg’aydilar.

Shayxul islom, Majididdin, imom Saraxsiy (a.r.) hazratlari: nimani mayda va qisqartirib yozgan bo’lsak, kelajakda unga nadomat va xasrat chekdik. Nimani o’zimizga tanlab olgan bo’lsak, unga ham xasrat va nadomat chekdik. Nimaning qadriga yetmagan bo’lsak, shuningdek, nimani yaxshi-yomonligini fikrlamagan bo’lsak, shularga ham ko’p nadomat chekdik,- degan ekanlar.

Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq
49 views05:32
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:09:24 Hikoya qilibdurlarki, hazrati Horun ar-Rashid o’g’illarini imom Asmo’iy (a.r.) huzurlariga ilm va odob o’rganmog’i uchun yubordilar. Bir kuni ustoz hazratlarining tahorat olayotganlarini ko’rib qoladilar. O’g’illari esa oyoqlariga suv quyar edi. Shunda xalifa hazratlari imom Asmo’iyni itob (urishib) va malomat qildilar.
- Men sizning huzuringizga o’g’limni ilm va odob o’rgansin deb jo’natgan edim, shunday ekan nima uchun bir qo’li bilan suv kuyib, boshqa bir qo’li bilan oyog’ingizni yuvishni buyurmaysiz?! - dedilar.

Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq
80 views05:09
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:07:10 ​​#Taqriz

Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari"

Ushbu kitobni avvalroq oʻqimaganligimdan afsuslanganman.Ammo 2-marotaba oʻqish nasib etdi.


Hozirgi kunda koʻplab yoshlarda ilm oʻrganishga boʻlgan shijoatlari, yaxshigina harakatlari boʻlsa ham ilm hosil qila olmayotganliklarining koʻp guvohi boʻlyabmiz. Mazkur kitob yoshlarga, qolaversa, barcha ilm talabida boʻlgan insonlarga ilm hosil qilishlarida ularga odob-axloq koʻrsatmalari va toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlarini oʻrgatadi.
Ushbu kitob 142 sahifalik ulkan bir maslahatlar va zaruriy qoidalardan iborat. Kitobning hajmi kichik bo'lganiga e'tibor qilmang, siz biror ilmni chin qalbdan o'rganishni maqsad qilgan bo'lsangiz uning o'z qonun qoidalar bilan ham tanishishingiz maqsadga muvofiq. Imom Zarnujiy yoshlarga ilm ahli talabalarga o'zining oltinga teng firklari bilan ilm olish sirlarini ochib berganlar.

-Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!
  Qancha dunyo amali suratida bo'lgan amallar bor, ularning niyatini yaxshiligini, to'g'riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya'ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatining yomon va noto'g'riligidan dunyo amaliga aylanadi. Yani, nodurust niyat insonni ibodatlari savobidan mahrum hamda benasib etadi.
  Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson Alloh taoloning roziligi, ohirat saodatini maqsad qilishi lozim.

-Kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amal qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi narsalarga kam rag'bat qiladi, qiziqmaydi.
-Naql qilinadiki, ilm talabida bo'lmoq nafl ibodatlar qilishdan ko'p marta afzaldir.
-Albatta, ilm bulog'i va manbayi kitobdir. Demak, kitoblarga ahamiyat berish, uni ozoda va ko'rkam tutish, faxr bilan ko'tarib yurish, pokiza va baland joylarga qo'yish nafaqat uning hurmati, balki ilmni ulug'lash hisoblanadi.
-Kitobni bekordan-bekorga varaqlash mazmun va makruh amaldir.
-Arab maqollarida: "Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo'ladi" - deyiladi.

Kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo'l-yo'riqlarini izlasa va bu ishda jiddiy kirishsa, talab qilingan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qattiyatlik ko'rsatsa, shu eshikdan kiradi.

Kitobdan nima oldim?  Shogird va ustoz odobi, qonun qoidalari. Ilm oluvchi insoning avvalo niyati maqsadi va ishtiyoqi. Kitobga mehri va vaqtga bo'lgan talabi. Har bir ilm oluvchi inson Alloh oldida qanchalar aziz va qadrli ekanligi. Ilmni yaxshi yo'lda va yaxshi maqsadda o'rganish va uni boshqalarga o'rgatish. Nimalardan saqlanish kerakligi? Qaysi kun ilm olish uchun eng yaxshi kun ekanligi? Shunga o'xshash savollarga keng javoblar va eng muhimi hadislardan namunalar va so'nggida muallifning vasiyat va nasihatlari.
Shuningdek, kitobda ustoz-shogird madaniyati va odobi, talaba-yoshlarning ilm hosil qilishlarida ustozning, ota-onaning va doʻstning oʻrni va ilmga oid masalalar bayon etilgan.Unda ilm olishga doir barcha zaruriy va nihoyatda foydali hamda barcha bilishi kerak boʻlgan masalalar yoritilgan. Ushbu kitob ilm olish niyatida boʻlgan barchaga dasturulamal boʻlib xizmat qiladi deb ishonch bilan ayta olaman. Har bir talaba-yosh oʻqishi kerak boʻlgan kitob.

Oʻqing, zero ilm olish har bir musulmon uchun farzdir!


@kitoblarga_oshiq
83 views05:07
Ochish/sharhlash
2022-08-30 04:06:08
"Ilm olish sirlari"
Imom Zarnujiy
85 views01:06
Ochish/sharhlash
2022-08-30 04:02:59 Ustozning mehr-u muhabbatiga, e’tiboriga loyiq bo’lishni istagan shogird avvalo quyidagilarga amal qilmog’i lozim:
- Ustozning oldiga tushib yurmaslik;
- Ustozning o’rniga o’tirmaslik;
- Huzurlarida ruxsatsiz gapirmaslik;
- Malol keladigan bo’lsa, dars vaqtida ko’p savol bermaslik;
- Darsdan tashqari savolni vaqtida so’rash qoidalariga rioya qilish;
- Darsga kech yoki barvaqt kelish;
- Ustozni bezovta qilmaslik;
- Ustozning eshiklarini taqillatmaslik, balki o’zlari kelishlarini yoki chiqishlarini sabr qilib kutish.

Imom Zarnujiy
"Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq
83 viewsedited  01:02
Ochish/sharhlash
2022-08-30 03:45:01 Ey, tolibi ilm! Parhezkor va taqvolik bo’l, ya’ni ishlaringni taqvo va parhez rishtasi ila bog’lab boshqargin. Ko’p uxlashdan uzoqlash, chunki ko’p uyqu koni ziyondir. Тaomni to’yib-to’yib yeyishdan saqlan! Qorin to’q bo’lsa, kishi ishyoqmas, dangasa va boshqa salbiy sifatlar sohibi bo’lib qoladi.

Imom Zarnujiy
"Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq
82 views00:45
Ochish/sharhlash
2022-08-30 03:39:36 Rioya etilmog’i nihoyat zarur bo’lgan amallardan:
-uzrsiz qiblaga va kitoblarga oyoq uzatmaslik;
-tafsirga oid kitoblarni barcha kitoblarning ustiga ko’yish va ularning ustiga boshqa kitob va biron narsa ko’ymaslik hisoblanadi.

Imom Zarnujiy
"Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq
83 views00:39
Ochish/sharhlash
2022-08-30 02:38:01 Hayotning qadrini faqat o‘liklar biladi. Ne’matning qadrini azob chekkan kishi biladi. Boylikning qadrini faqir biladi. (bu yerda to‘rtinchisi yozilmagan. Ammo bundan kelib chiqadiki, jannat ahlining qadrini jahannam ahli biladi, demakdir.)

"Qiyomat va Oxirat"
Imom G'azzoliy


@kitoblarga_oshiq
50 views23:38
Ochish/sharhlash
2022-08-29 17:01:39
Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari"

@kitoblarga_oshiq - all about books
61 views14:01
Ochish/sharhlash