Get Mystery Box with random crypto!

​​#Taqriz Imom Zarnujiy 'Ilm olish sirlari' Ushbu kitobni a | Kitoblarga oshiq link:)

​​#Taqriz

Imom Zarnujiy "Ilm olish sirlari"

Ushbu kitobni avvalroq oʻqimaganligimdan afsuslanganman.Ammo 2-marotaba oʻqish nasib etdi.


Hozirgi kunda koʻplab yoshlarda ilm oʻrganishga boʻlgan shijoatlari, yaxshigina harakatlari boʻlsa ham ilm hosil qila olmayotganliklarining koʻp guvohi boʻlyabmiz. Mazkur kitob yoshlarga, qolaversa, barcha ilm talabida boʻlgan insonlarga ilm hosil qilishlarida ularga odob-axloq koʻrsatmalari va toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlarini oʻrgatadi.
Ushbu kitob 142 sahifalik ulkan bir maslahatlar va zaruriy qoidalardan iborat. Kitobning hajmi kichik bo'lganiga e'tibor qilmang, siz biror ilmni chin qalbdan o'rganishni maqsad qilgan bo'lsangiz uning o'z qonun qoidalar bilan ham tanishishingiz maqsadga muvofiq. Imom Zarnujiy yoshlarga ilm ahli talabalarga o'zining oltinga teng firklari bilan ilm olish sirlarini ochib berganlar.

-Inson zotini ilm bilan barchadin ortiq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!
  Qancha dunyo amali suratida bo'lgan amallar bor, ularning niyatini yaxshiligini, to'g'riligidan oxirat amaliga aylanadi. Ya'ni, inson niyatining yaxshiligidan dunyo amali uchun ham savob va mukofot oladi. Qancha oxirat amallari bor, niyatining yomon va noto'g'riligidan dunyo amaliga aylanadi. Yani, nodurust niyat insonni ibodatlari savobidan mahrum hamda benasib etadi.
  Avvalo, ilm hosil qilish bilan inson Alloh taoloning roziligi, ohirat saodatini maqsad qilishi lozim.

-Kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va amal qilish mazasiyu rohatini topsa, insonlardagi narsalarga kam rag'bat qiladi, qiziqmaydi.
-Naql qilinadiki, ilm talabida bo'lmoq nafl ibodatlar qilishdan ko'p marta afzaldir.
-Albatta, ilm bulog'i va manbayi kitobdir. Demak, kitoblarga ahamiyat berish, uni ozoda va ko'rkam tutish, faxr bilan ko'tarib yurish, pokiza va baland joylarga qo'yish nafaqat uning hurmati, balki ilmni ulug'lash hisoblanadi.
-Kitobni bekordan-bekorga varaqlash mazmun va makruh amaldir.
-Arab maqollarida: "Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa shuncha ziyoda bo'ladi" - deyiladi.

Kim biron narsani talab qilsa, unga erishish yo'l-yo'riqlarini izlasa va bu ishda jiddiy kirishsa, talab qilingan niyatiga erishadi. Kim eshikni taqillatsa va qattiyatlik ko'rsatsa, shu eshikdan kiradi.

Kitobdan nima oldim?  Shogird va ustoz odobi, qonun qoidalari. Ilm oluvchi insoning avvalo niyati maqsadi va ishtiyoqi. Kitobga mehri va vaqtga bo'lgan talabi. Har bir ilm oluvchi inson Alloh oldida qanchalar aziz va qadrli ekanligi. Ilmni yaxshi yo'lda va yaxshi maqsadda o'rganish va uni boshqalarga o'rgatish. Nimalardan saqlanish kerakligi? Qaysi kun ilm olish uchun eng yaxshi kun ekanligi? Shunga o'xshash savollarga keng javoblar va eng muhimi hadislardan namunalar va so'nggida muallifning vasiyat va nasihatlari.
Shuningdek, kitobda ustoz-shogird madaniyati va odobi, talaba-yoshlarning ilm hosil qilishlarida ustozning, ota-onaning va doʻstning oʻrni va ilmga oid masalalar bayon etilgan.Unda ilm olishga doir barcha zaruriy va nihoyatda foydali hamda barcha bilishi kerak boʻlgan masalalar yoritilgan. Ushbu kitob ilm olish niyatida boʻlgan barchaga dasturulamal boʻlib xizmat qiladi deb ishonch bilan ayta olaman. Har bir talaba-yosh oʻqishi kerak boʻlgan kitob.

Oʻqing, zero ilm olish har bir musulmon uchun farzdir!


@kitoblarga_oshiq