Get Mystery Box with random crypto!

#Taqriz Antuan de Sent-Ekzyuperi 'Kichkina shahzoda' Bu asa | Kitoblarga oshiq link:)

#Taqriz

Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"


Bu asarga toʻxtalsak, falsafaga toʻla ekanligi, men anglolmagan jumlalar koʻpligi sababli uncha koʻp xulosa yoza olmayman.

Asarda nimalar qoralangan? Bolaning begʻubor, sof qalbiga, fikriga kattalarning idroki, ularning harakteri beixtiyor taʼsir koʻrsatadi degan tushuncha yotadi.Yaʼni kattalarning tushunib boʻlmas, kichiklarga yoqmaydigan tomonlari, qiliqlari asar qahramoni tomonidan qoralangan.Masalan, ularning eʼtiborsizligi, hisob-kitobga usta ekanliklari va hokazolar haqida haqiqatchalar yoritilgan.

Insonlar orasidagi mehr-muruvvat, sadoqat tobora yoʻqolib borayotgani, nazarimda, tulki va kichkina shahzoda oʻrtasidagi suhbatdan bilib olsangiz boʻladi.Yana, adib kichkina shahzoda va uning guli oʻrtasidagi munosabatlardan mehr, sodiqlik tushunchasini yoritishga harakat qilgan deb oʻylayman. Ana shunday falsafiy qarashlar jamlangan, biroq men tushunganlarim shular.


Taqriz muallifi: Donaqulova Jasmina

@kitoblarga_oshiq